Jamiyat | 11:43 / 06.09.2016
12681
2 daqiqa o‘qiladi

Muftiy: IShID jangarilarining atigi 5 foizi Islom asoslarini biladi

© TASS

Dunyoning ko‘pgina davlatlarida taqiqlangan IShID guruhi shunchaki Islom dini bilan niqoblanmoqda, aslida ularning muqaddas Islom dini bilan yaxshi tanish bo‘lgan a'zolari soni 5 foizni tashkil etadi. Bu haqda, Sankt-Peterburg va Rossiya shimoli-g‘arbiy mintaqasi musulmonlari diniy boshqarmasi raisi muftiy Ravil Pancheyev ma'lum qilgan.

"IShID jangarilarining atigi 5 foizi Islom dini asoslaridan xabardor", - degan Pancheyev. 

"So‘nggi vaqtlarda, biz musulmonlar o‘zimizni oqlash, dinimizni himoya qilish va terrorchilar muqaddas dinimizni niqob qilayotganini, hatto din asoslarini bilmasliklarini ta'kidlashimizga to‘g‘ri kelayapti" – deya qayd etgan muftiy. 

6-sentabrda Sankt-Peterburgda ish boshlaydigan Xalqaro konfessiyalararo diniy anjuman, aynan Islom va terrorchilarning o‘zaro bog‘liq emasligini yanada keng ommaga tushuntirishni maqsad qilgan. 

O‘zlarini olomon orasida portlatib yuborayotgan terrorchilarning haqiqiy islomga aloqasi yo‘qligini isbotlash ham unchalik mushkul vazifa emas. 

"Agar shahidlikni orzu qilgan kishi o‘z joniga qasd qilsa, o‘zini portlatish ham shu jumladan, u dindan chiqadi va shunga ko‘ra, jannatga kira olmaydi", -degan muftiy Pancheyev.
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid