Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina hukumati Yanukovich va uning “oila”sini 7,4 milliard dollarni o‘marishda gumon qilmoqda
Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich va uning yaqinlari davlat byudjyetidan deyarli 200 milliard grn (taxminan 7,4 milliard dollar) summani o‘marishga aloqadorlikda gumon qilinmoqda. Bu haqida Ukraina davlat moliya monitoringiga asoslanib, RIA “Novosti” ma'lum qildi.
“Jinoyatchilik yo‘li bilan olingan daromadlarni legallashtirish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan moliyaviy operatsiyalar summasi 199,4 milliard grivnani tashkil qilmoqda”, - deyiladi xabarda.
Davlat moliya monitoringi ma'lumotlariga ko‘ra, tergov davomida (2014 yilning martidan 2016 yilning avgustiga qadar) Ukraina huquqni muhofaza qilish idoralariga 461 material yo‘llangan va 1,52 milliard dollarlik hisob raqamlari bloklab qo‘yilgan.
Bundan tashqari, Avstriya, Buyuk Britaniya, Latviya, Italiya, Lixtenshteyn, Shveytsariya, Niderlandiya va Kiprda barcha gumondorlarning umumiy miqdori 107,2 million dollar, 15,9 million yevro va 135 million shveysar franklari muzlatilgan.
Mavzuga oid
22:03 / 26.06.2026
Bokschi Usik uchta chempionlik kamaridan voz kechdi
20:44 / 26.06.2026
«Qamalda yashayapmiz». Qrimdagi vaziyat og‘irlashmoqda
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
23:05 / 25.06.2026