Jahon | 21:23 / 07.09.2016
7868
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada bino beshta avtomobil ustiga qulab tushdi

Moskvada sobiq AZLK zavodi hududidagi besh qavatli bino qisman qulab tushdi. Buning oqibatida bir necha mashinaga shikast yetdi. Bu haqda shahar favqulodda xizmatlaridagi manbaga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda. 

"Besh avtomobilga shikast yetdi", deb ma'lum qildi manba. Voqea Volgograd ko‘chasi, 36 uy, 36 korpusda sodir bo‘lgan. Moskva favqulodda xizmat idoralari vakilining aytishicha, binoda lift shaxtasi qulagan. Qulashning umumiy maydoni 18 kvadrat metrni tashkil qilgan.

,

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid