Jahon | 21:56 / 07.09.2016
6403
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya qurolli kuchlari Suriyada 110 terrorchini yo‘q qildi

Foto: © RIA

Turkiya qurolli kuchlari Suriya hududida boshlagan "Frot qalkoni" operatsiyasining 15 kuni davomida terrorchilik guruhlarining 110 a'zosini yo‘q qildi. Bu haqda Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari  Nuriddin Janiqli ma'lum qildi. 

"Operatsiyaning 15 kuni ichida Suriyaning 722 kvadrat kilometrli hududi jangarilaridan tozalandi. IShID va Suriya kurdlari mudofaa kuchlarining 110 nafar a'zosi yo‘q qilindi. Turkiya tomonidan 5 kishi halok bo‘lgan, 19 kishi jarohat olgan. Operatsiya davomida to‘rtta tank va bir nechta BTR yo‘q qilingan"

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid