Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
30 million dollarlik binoni 83 foizlik chegirma bilan sota olishmadi
Amerikaning Ohayo shtatida barpo etilgan 7 qavatli, savat shaklidagi binoning qiymati bir yarim yil ichida 7,5 million dollardan 5 million dollargacha arzonlashganiga qaramay xaridor topilmadi.
Binoning shakli Longaberger kompaniyasining savatini aynan takrorlaydi. Mazkur kompaniyaning bosh qarorgohi uning ichida joshlaygan edi. Bino qurilishi 1997 yilda yakunlangan bo‘lib, buning uchun Longaberger 32 million dollar atrofida mablag‘ sarflagan.
Ko‘chmas mulkni sotish bilan shug‘ullanuvchi rieltorning aytishicha, bino juda murakkabdir. Shunday bo‘lsa-da, bir necha xaridordan qiziqish bildirilgan. Ammo, ularning hech biri amalga oshmagan.
Binoni sotishda eng katta muammolardan biri inshootning juda yirikligida. Unga qiziqqan kompaniyalarning hech birida xodimlar soni ko‘p bo‘lmagan. Bundan tashqari, bino shahar chetida juda noqulay o‘rinda joylashgan.
Kelgusida bino qariyalar uyi yoki koll-sentrga aylantirilishi mumkin. Shu bilan birga, savat binoning tutqichlari demontaj qilinishi ham ehtimol.
Hozircha, u shtatning e'tiborga molik joylaridan biri bo‘lib qolmoqda. Sayyohlar bu yerda suratga tushish uchun kelib turmoqda.
Mavzuga oid
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
20:26 / 19.06.2026