O‘zbekiston | 12:43 / 08.09.2016
13083
1 daqiqa o‘qiladi

IHT bosh kotibi Toshkentda TIVKning navbatdagi sessiyasiga tayyorlanish masalalarini muhokama qiladi

Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Iyad bin Amin Madaniy 8 sentabr kuni Toshkent shahriga tashrif bilan keladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.

Bo‘lajak uchrashuv va muzokaralarda 2016 yilning oktabr oyida Toshkent shahrida O‘zbekiston raisligida bo‘lib o‘tadigan IHTga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Kengashining 43-sessiyasiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

2015 yilning mayida Al-Quvaytda o‘tgan IHT TIVK majlisi vaqtida O‘zbekiston 2016 yili tashkilotga raislik qilishi haqida qaror qabul qilingandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid