Jamiyat | 18:39 / 09.09.2016
18017
3 daqiqa o‘qiladi

Haftaning eng sara 15 surati: Nyu-Yorkda quyosh botishi, Ispaniyadagi yong‘in va Dilma Russefning tabassumi

RF prezidenti Vladimir Putinning Primore okeanariumiga tashrifi, AQSh prezidentligiga nomzod Donald Trampning saylovchilar bilan uchrashuvi, Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan 2016 yilgi Jahon ko‘chmanchi o‘yinlaridagi itlarning yugurishi - o‘tayotgan haftaning eng yorqin suratlari fotojamlanmamizda. 

AQSh prezidentligiga Demokratlar pratiyasidan nomzod Hillari Klinton jurnalistlarni ko‘rib qoldi. Florida, 6 sentabr

AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp Grinvilldagi saylovchilar bilan suhbatlashmoqda. 6 sentabr

Braziliyaning sobiq prezidenti Dilma Russef (o‘ngdan ikkinchi) Portu-Alegridagi Kanzas harbiy havo bazasida o‘z tarafdorlarini qarshilamoqda. 6 sentabr

O‘rmondagi yong‘in, Benitachel, Sharqiy Ispaniya, 5 sentabr

Darlingtondagi avtodromda NASCAR Sprint Cup Series poygasi davomida mashinaning texnik to‘xtashi. Janubiy Karolina, 5 sentabr

Marakana stadionida Paralimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi. Rio-de-Janeyro, 7 sentabr

Amerikalik Vinus Uilyams tennis bo‘yicha AQSh Ochiq chempionatining 4-doirasida Chexiya vakilasi Karolina Plishkovaga qarshi o‘yinda. Nyu-York, 5 sentabr

Manxettan uzra quyosh botishi. Nyu-York, 6 sentabr

Sportchilar  triatlon bo‘yicha Ironman jahon chempionati musobaqasidan avval. Avstraliya, 5 sentabr

Viktoriya va Albert muzeyida "You say you want a revolution? Records & Rebels 1966-1970" ko‘rgazmasi ochilishidan oldin. London, 7 sentabr

RF prezidenti Vladimir Putinning Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe va Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan Rus orolidagi Primore okeanariumiga tashrifi chog‘ida. Vladivostok, 3 sentabr

Rossiya qidiruv-qutqaruv jamoalari "Soyuz TMA-20M"ning qo‘nish joyiga yaqinlashishmoqda

Pyatigorskdagi XVIII issiqlik aerostatlari xalqaro festivali - "Kavkaz Mineral Suvi - Rossiya-2016 durdonasi".  Stavropol o‘lkasi, 7 sentabr

2016 yilgi Jahon ko‘chmanchilar o‘yinida itlar poygasi (taygan jarysh). Cho‘lpon-Ota, Qirg‘iziston, 6 sentabr

Ishchilar Seul yaqinida yig‘ib olingan guruchni quritishmoqda. Janubiy Koreya, 7 sentabr

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid