Jamiyat | 16:03 / 09.09.2016
5415
2 daqiqa o‘qiladi

Bank of America virtual “matritsa” mavjudligi ehtimolini 20-50 foiz deb baholadi

Bank of America Merrill Lynch (BAML, Bank of America bo‘limi) o‘z mijozlari uchun “matritsa”ning mavjudligi ehtimolini baholovchi tahliliy ma'lumot berdi. Moliyaviy tashkilot xodimlarining fikricha, insoniyatning simulyatsiyada yashayotganlik ehtimoli 20-50 foizga baholangan. Bu haqida Business Insider ma'lum qildi.

Tahlilchilarning fikricha, olimlar, faylasuflar va ishbilarmonlar bugungi kunda insoniyatning modellashtirilgan reallikda yashashi mumkinligini qayd etishmoqda. Joriy sivilizatsiya bir vaqtning o‘zida millionlab odamlarga ta'sir o‘tkaza oladigan fotorealistik simulyatorlarga yaqinlashishi bunga dalil bo‘la oladi. 

 “Sun'iy intellekt va virtual reallikning rivojlanishi natijasida kelajak sivilizatsiyasi o‘z ajdodlari hayotini kompyuter yordamida modellashtirishga qaror qilishi ehtimoldan holi emas”, - deyiladi hujjatda. 

Xususan, BAML Tesla va SpaceX kompaniyalari asoschisi Ilon Maskning odamlar aslida boshqa sivilizatsiyaning kompyuter o‘yinida yashashiga doir taxminlariga ishora qiladi. Shuningdek tahlilchilar olim Nil Degrass Taysonning “Joriy koinot – kompyuter modeli”, degan fikrini ham keltirib o‘tishdi. 


Shved faylasufi Niklas Bostrem 2003 yilda o‘zining “Biz kompyuter simulyatorida yashaymizmi?” degan ilmiy ishini chop etgan. Mazkur hujjatga ko‘ra, insoniyatning 3 xil rivojlanish yo‘li bor – “postinsoniy” bosqichga yetgandan so‘ng vafot etish, evolyutsion tarix simulyatorini yaratmaydigan “postkishilar”ga aylanish yoki “hech qanday” rivojlanish, zero u “matritsa”da yashaydi. 

Manbada ta'kidlanishicha, bunday xulosalarning natijalari investorlar uchun noaniqligicha qolmoqda. 
 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid