Grammatik universaliyalar lingvistlar fikriça dunyo tillarining barçasi yoki katta qismiga xos qonuniyatlarni ifodalaydi. Masalan, quyidagiça bayonotlar bor: «Agar tilda köplik son bölsa, demak unda yakkalik son ham bor» (ya’ni faqat köplik, lekin yakkalik yöq bölgan til mavjud emas), yoki: «Agar tilda söz tartibi şundayki, son otdan keyin kelsa, u holda uşbu tilda sifat ham otdan keyin keladi». Şu yerda muhim jihat şundaki, universaliyalar tillar örtasidagi öxşaşliklarni emas, balki tillar bir-biridan qanday qoidaga köra farq qilişi mumkin yoki mumkin emasligini tasvirlaydi.

Şuningdek, köplab universaliyalar nisbatan kam sonli tillar asosida şakllantirilgani ham ahamiyatga ega: bu esa ularning töliq töğriligiga işonç bermaydi. Germaniya va AQŞdagi bir neça universitet mutaxassislari 191 ta grammatik universaliyani 2430 ta til ma’lumotlari asosida tekşirdi. Tadqiqot natijalari Nature Human Behaviour ilmiy jurnalida naşr qilindi.

Maqola mualliflari tillarning Grambank bazasida mavjud grammatik ma’lumotlari bilan işladi va bir neça turdagi universaliyalarni sinovdan ötkazdi: iyerarxik (tilda grammatik kategoriyalar qanday boğlanişiga taalluqli), söz tartibiga oid (ham tor kontekstda — jumlada, ham keng kontekstda — bir neça jumla, abzats, matn doirasida) va «boşqa» turdagi universaliyalar. Tadqiqot uslubi sifatida Bayyesça statistik tahlil qöllandi.

Tanlangan ma’lumotlar asosida tillar örtasidagi qardoşlik va geografik yaqinlikni hisobga olgan holda 60 ta grammatik universaliya tasdiqlandi, bu esa 191 ta umumiy sonning 31 foizini taşkil qiladi. Ular orasida 24 ta iyerarxik universaliya (tanlangan 30 iyerarxik universaliyaning 80 foizi), tor kontekstdagi söz tartibiga oid 24 ta universaliya (tanlovdagi 65 ta şunday universaliyaning 37 foizi), keng kontekstdagi söz tartibiga oid sakkizta universaliya (tanlovdagi 72 ta bunday universaliyaning 11 foizi) va «boşqa» toifaga kiruvçi törtta universaliya (tanlovdagi 24 ta «boşqa» universaliyaning 17 foizi) bor edi. Şu tariqa tildagi grammatik kategoriyalar özaro qanday boğlanişini tasvirlaydigan iyerarxik qoidalar eng köp tasdiqlangani ma’lum böldi.

Tadqiqot mualliflari ta’kidlaşiça, tahlil natijalari tillar örtasidagi grammatik farqlar lingvistlar avval öylagançalik «qatiq reglamentlaşgan» emasligini körsatadi. Şu bilan birga, körib çiqilgan universaliyalarning uçdan bir qismi statistik jihatdan tasdiqlangani şundan dalolat beradiki, bu farqlar tasodifiy emas, balki haqiqatan ham bir qator qonuniyatlar bilan çeklangan.