Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi oktyabr oyidagi Özbekiston uy-joy bozori dinamikasi böyiça yangilangan tahlilni taqdim etdi.
Ma’lumotlarga köra, oktyabr oyida uy-joy oldi-sotdi bitimlari soni bir oyda 12 foizga oşib, 27,1 mingtaga yetgan. Bu 2023 yil avgustidan buyon qayd etilgan eng yuqori faollik darajasi sifatida baholanmoqda.
Oktyabr oyida uy-joy bozoridagi ösiş respublika hududlarining deyarli barçasida kuzatilgan.
Eng katta oylik ösiş Xorazm, Buxoro va Toşkent viloyatlarida qayd etilgan — bu hududlarda uy-joy bitimlari örtaça 26 foizga köpaygan.
Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida esa ösiş mö’tadil bölib, mos ravişda taxminan 2 foiz va 4 foizni taşkil etgan.
Respublika böyiça uy-joy oldi-sotdi bitimlarining taxminan 30 foizi Toşkent şahri hissasiga töğri keladi. Oktabr oyida poytaxtda savdo hajmi oylik hisobda 5,3 foizga, yillik hisobda esa 32 foizga oşgan.
Oktyabrda ikkilamçi uy-joy bozorida narxlar ösiş sur’ati sezilarli ravişda tezlaşgan: bir oy içida 1 kv metr uçun örtaça narx 2,4 foizga oşgan (sentabr oyida bu körsatkiç 0,6 foiz edi), ötgan yil oktyabriga nisbatan örtaça narx 7,4 foizga yuqori.
Eng yuqori yillik ösiş Surxondaryo va Namangan viloyatlarida qayd etilgan — bu yerlarda uy-joy narxlari taxminan 20 foizga qimmatlaşgan.
Toşkent şahrida oktyabr oyida ikkilamçi uy-joy bozorida narxlar deyarli özgarmasdan qolib, örtaça ösiş 0,7 foiz atrofida bölgan.
Yillik hisobda poytaxtda ikkilamçi uy-joy narxlari ötgan yil oktyabriga nisbatan 1 foizga pasaygan. Eng sezilarli tuşiş Mirzo Uluğbek va Yaşnobod tumanlarida kuzatilib, bu tumanlarda örtaça narxlar taxminan 5 foizga arzonlaşgan.
Birlamçi uy-joy bozorida esa aksinça, narxlar ösişi qayd etilgan. Oktyabr oyida 1 kv metr uçun örtaça narx yillik hisobda 2,1 foizga oşgan. Eng yuqori ösiş Bektemir, Yaşnobod, Mirobod va Yakkasaroy tumanlarida kuzatilib, bu hududlarda narxlar örtaça 5,5 foizga kötarilgan.
Toşkentda uy-joy ijara bozorida örtaça stavkalar ötgan oy darajasida qolib, 1 kv metr uçun 8,5 dollar atrofida şakllandi.
Eng yuqori ijara narxlari poytaxtning markaziy tumanlari — Mirobod, Yakkasaroy va Mirzo Uluğbekda saqlanmoqda. Bu hududlarda 1 kv metr uçun örtaça ijara haqi taxminan 10,2 dollarni taşkil etmoqda.













