Hududlar kesimida eng katta pasayiş Surxondaryo va Navoiy viloyatlarida, şuningdek Toşkent şahrida kuzatildi. Sirdaryo va Toşkent viloyatida esa savdo hajmlari ösgani qayd etildi. Mutaxassislar bu siljişlarni mavsumiy omillar, taklif-talab muvozanati va modellar portfelidagi yangilanişlar bilan izohlamoqda.

Sentyabr oyida yangi yengil avtomobillar segmentida faollik pasayib, hajm 31,9 ming donaga tuşdi (–15,2 foiz). Mahalliy işlab çiqarilgan yangi avtomobillar sotuvi — 27,4 ming dona (–16,1 foiz). Import qilingan yangi avtomobillar — 4,5 ming dona (–8,9 foiz).

Işlatilgan yengil avtomobillar savdosi 52,6 ming donani taşkil etdi, bu avgustga nisbatan atigi –0,1 foiz. Bu segmentdagi barqarorlik içki talabning uzluksizligi va moliyaviy imkoniyatlar bilan boğliqligi ta’kidlanmoqda.

Sentyabrda 7,8 ming dona elektromobil sotilib, oylik asosda +21,6 foiz ösiş qayd etildi — bu hozirça eng yuqori oylik natija. Joriy yilning uçinçi çoragida yengil elektromobillar sotuvi 20,7 ming donaga yetdi — ötgan yilning şu davriga nisbatan 2,2 barobar köp. Eng tez ösiş Toşkent şahri, Toşkent viloyati va Samarqand viloyatida qayd etilgan.