Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston sobiq bosh vazirining o‘g‘li davlatga xoinlikda aybdor deb topildi
Bishkek shahar sudi, Qirg‘iziston hukumati apparatining xalqaro hamkorlik bo‘limi sobiq boshlig‘i Altinbek Muraliyevni lavozimini suiiste'mol qilish va davlatga xiyonatda aybdor deb topib, unga 22 yillik qamoq jazosi tayinladi.
"Sud majlisi yopiq tartibda o‘tkazildi. Bishkek sudi kollegiyasi birinchi instansiya qarorini yanada kuchaytirib, davlat ayblovi talabini qanoatlantirgan", - deya xabar qilgan Qirg‘iziston Oliy sudi matbuot kotibi Aynura Toktosheva "Interfaks" agentligiga.
"Ayblanuvchi 22 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Uning mol-mulki musodara qilinadi, hukmni kuchaytirilgan tartibli koloniyada o‘tkazadi", - deya oydinlik kiritgan Toktosheva.
18 may kuni Bishkek shahrining Pervomayskiy tumani sudi Muraliyevga “davlatga xiyonat” jinoyatini sodir etganligi uchun 18 yil qamoq jazosi va mol-mulkini musodara qilishni tayinlagan edi.
Muraliyev davlat xizmatiga oid sirlarni xorijiy tashkilotlarga berganlikda ayblanib, 2014 yil noyabrida qo‘lga olingan edi.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026