Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uch nafar turkiyalik tankchi IShIDga qarshi jangda halok bo‘ldi
Foto: Globallookpress.com
Suriyada jangarilar uch nafar turkiyalik harbiyni o‘ldirdi. Bu haqda 9 sentabrda Turkiya qurolli kuchlari bayonotiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Yana bir turkiyalik harbiy yarador bo‘lgan. Jang tafsilotlari noma'lum. Faqatgina turkiyalik harbiylar tanki jangarilar tomonidan otilgan raketa bilan nishonga urilgani ma'lum qilingan.
O‘z navbatida turkiyalik harbiylar havodan jangarilar tomonidan ishlatiluvchi 4 ta inshootni yo‘q qilishgan.
Bu qurbonlar Turkiya armiyasining Suriya hududidagi janglardagi birinchi qurbonlari emas. 6 sentabrda Suriyaning Al-Vaqf qishlog‘i yaqinidagi jangda ikki nafar turk askari halok bo‘lgan va yana besh nafari yaralangan. Jangarilar raketa yordamida Ozod Suriya armiyasi otryadlari hujumini qo‘llab-quvvatlagan turk armiyasining ikki tankini nishonga urishgan.
Mavzuga oid
19:30 / 21.01.2026
Suriyada kurdlar muxtoriyati tugatildi
15:22 / 19.01.2026
Germaniyada Suriya rahbari ash-Shar’aning tashrifiga qarshi aksiyalar o‘tkaziladi
10:40 / 19.01.2026
Suriya hukumati va kurdlar o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv imzoladi
17:30 / 18.01.2026