Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
21 yoshli futbolchi zaxiradan tushib, 3ta gol urdi va "Bayyer"ga g‘alaba keltirdi
"Bayyer" bundesliganing ikkinchi turida "Hamburg" ustidan irodali g‘alabani qayd etdi.
O‘yinning 58-daqiqasida mehmonlar vakili Vud hisobni ochdi - 0:1.
Mezbonlar murabbiyi Rodjyer Shmidt 72-daqiqada maydonga finlyandiyalik yosh hujumchi Yoel Poxyanpaloni tashladi. Ushbu 21 yoshli futbolchi 79-daqiqada hisobni tenglashtirdi, o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa 2ta gol urib, jamoasining 3:1 hisobidagi g‘alabasini ta'minladi.
O‘tgan mavsumni "Fortuna"da ijara asosida o‘tkazgan hujumchi 28 uchrashuvda 2ta gol urgandi. U "Bayyer"da 2ta o‘yinda 4ta gol urishga ulgurdi. O‘tgan turda "Borussiya"ga qarshi safardagi o‘yinda (1:2) ham Poxyanpalo 72-daqiqada zaxiradan tushgan va 79-daqiqada bitta gol urgandi.
Manba: Tribuna.uz
Mavzuga oid
16:06 / 29.11.2025
Londonda derbi, Italiyada peshqadamlar to‘qnashuvi. Hafta o‘yinlari anonsi
18:18 / 09.05.2025
Alonso «Bayer»dan ketishini e’lon qildi. U «Real»ga keladi
01:56 / 23.05.2024
«Atalanta» Lukmanning het-trigi evaziga «Bayyer»ni yirik hisobda yengib, Yevropa Ligasi g‘olibiga aylandi
17:31 / 19.05.2024