Ispaniyalik mutaxassis Habi Alonso mavsum yakunida Germaniyaning «Bayer» klubidan ketişini e’lon qildi.

«Klub bilan bu ikki öyin men uçun oxirgisi bölişi haqida kelişib oldik. Işonamizki, ketiş vaqti keldi va bugun buni e’lon qiliş uçun eng yaxşi vaqt.

Keyingi klub? Hozirça bu haqda gapirişning mavridi emas, çunki biz yakşanba kuni yaxşilab xayrlaşmoqçimiz», – dedi u matbuot anjumanida.

«Bayer» rasmiy saytida ham u ketayotgani e’lon qilingan, klub boş direktori Fernando Karro Habi Alonso boşqaruvi davrida klub futbol olamida öz örniga ega bölganini e’tirof etgan.

Uning keyingi manzili «Real»

Habi savolga javob berişdan qoçgan bölsa-da, uning keyingi klubi nomi ma’lum – «Real».  

Marca naşri yozişiça, Alonso 2028 yil yoziga qadar amal qiluvçi uç yillik şartnoma imzolaydi. Habi bilan uning ştabi a’zolari – assistent Sebastyan Parrilya va jismoniy tayyorgarlik böyiça murabbiy Alberto Ensinas ham Ispaniya poytaxtiga köçib ötadi. Alonsoning şartnomasi muddati 2026 yil yoziga qadar bölgani uçun «Bayer»ga tovon puli tölanadi.

Şu bilan birga, Marca Habi «Real»ni klublar örtasidagi JÇ vaqtida boşqarmasligini aytib ötgan. Katta ehtimol bilan, turnirga tayyorgarlik uçun yetarli vaqt bölmasligi sababli – turnir Millatlar Ligasi öyinlaridan atigi bir hafta ötib boşlanadi. Murabbiy tölaqonli dam oliş va işni iyuldan boşlaş maqsadga muvofiq deb topgan. Oldinroq Caden SER radiosi Alonso baribir madridliklar klubi boş murabbiyi sifatida klublar örtasidagi jahon çempionatiga borişini xabar qilgandi.

Karlo Ançelotti «Real»ni La Liganing sönggi turidan keyin tark etadi – sönggi tur öyinlari 25 mayga belgilangan. Katta ehtimol bilan, italiyalik mutaxassis Braziliya milliy jamoasi boşqaruviga boradi, ammo bu masala oxirigaça hal qilinmagan. Şu bilan birga, Karlo ham «Real»ni AQŞda ötadigan klublar örtasidagi JÇda boşqarmaydi. Katta ehtimol bilan, bu vazifa Santyago Solariga topşiriladi, u jamoani 2018/19 yillar mavsumida ham boşqargandi, hozir esa klub texnik direktori lavozimida işlamoqda.

Santyago Solari

Habi Alonso – endi «Bayer»ning ham afsonasi

Habi Alonsoning ajoyib xususiyati bor. U özi öynagan barça klublarning muxlislari tomonidan klub afsonasi deb ataladi: «Real Sosedad»da ham, «Liverpul»da ham, «Real Madrid»da ham va «Bavariya»da ham bask haqida faqat iliq xotiralar qolgan. Endi bu röyxatga Leverkuzenning «Bayer» klubi ham qöşiladi.