Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning 4 shtatida Klinton va Tramp o‘rtasida yaqqol yetakchi aniqlanmadi
AQShning odatda demokratlar va respublikachilar uchun konservativ hisoblanuvchi 4 shtati saylovchilari prezidentlik poygasida Donald Tramp va Xillari Klinton o‘rtasida yaqqol yetakchini aniqlay olmadilar. Bundan prezidentlik saylovlarigacha 2 oy qolganda Wall Street Journal gazetasi NBC News telekanali va Marist polls agentligi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari darak bermoqda.
So‘rovnoma an'anaviy ravishda demokrat taraf shtatlar – Nevada va Nyu-Gempshir hamda respublikachi nomzodlarni qo‘llab-quvvatlovchi Arizona va Jorjiya shtatlarida bo‘lib o‘tdi. Har bir shtatdagi so‘rovnomalar nomzodlar o‘rtasidagi tafovut 3 foizdan oshmasligini ko‘rsatdi, bu esa statistik xatolik 3 foizni tashkil qilishini hisobga olsa, teng imkoniyatlardan darak beradi.
Nevadada ovozlar deyarli bir xil bo‘ldi – Klintonga 45 foiz, Trampga 43 foiz ovoz berildi. Xuddi shunga o‘xshash vaziyat Nyu-Gempshirda qayd etildi, bu yerda Klinton 42 foiz, Tramp esa 41 foiz ovoz to‘pladi.
So‘rovnoma 6-8 sentabr kunlari bo‘lib o‘tdi. Unda 2638 saylovchi ishtirok etdi.
AQSh prezidenti lavozimiga saylovlar odatda kabisa yilidagi noyabrning birinchi dushanbasidan keyingi birinchi seshanba kuni o‘tkaziladi, joriy yil ushbu sana 8 noyabrga to‘g‘ri kelmoqda.
Mavzuga oid
09:40 / 24.06.2026
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026