Jahon | 07:45 / 11.09.2016
7672
2 daqiqa o‘qiladi

Klinton Tramp tarafdorlaridan uzr so‘radi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton o‘zining saylovlar bo‘yicha asosiy raqibi Donald Trampning tarafdorlariga "rahmi kelishini" aytdi.

Klinton Tramp tarafdorlarining yarmi rahmga haqli ekanini, chunki ular irqchi, jinsiy ustunlik tarafdori, ksenofoblar (xorijliklarga qarshi adovatda bo‘lish) hisoblanishini aytgandi. Klinton shuningdek bunday odamlarni "tuzatishning imkoni yo‘qligi" va ularni Amerikaning bir qismi deb atab bo‘lmasligini aytgan. 

"O‘tgan kecha men biroz qo‘pol bo‘ldim, istalgan vaziyatda bu yaxshi emas. Men ularning yarmi deganimdan afsusdaman, aslida bunday emas", deb uzr so‘ragan Klinton Tramp tarafdorlaridan.

Shu bilan birga Klinton Tramp kampaniyasida fanatizmdan voz kechishga chaqirgan. 

Tramp o‘z navbatida uning tarafdorlari haqida Klintonning so‘zlari uning "fanatizm va millionlab amerikaliklarga nafratini" ko‘rsatuvchi uning asl his-tuyg‘ulari ekanini aytdi.
 
 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid