Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar: Google AQShdagi 3 million kishining ovoz berishiga ta'sir ko‘rsata oladi
Google qidiruv tizimi AQSh prezidenti saylovlari oldidan 3 milliondan ortiq saylovchining ovoz berishiga ta'sir o‘tkazishi mumkin. Bu haqida Amerika qiziqishlar bo‘yicha tadqiqotlar va texnologiya instituti (AIBRT) katta psixologi Robert Epsteyn o‘z izlanishidan kelib chiqib, ma'lum qildi.
"Yangi tadqiqotga ko‘ra, (Google) avtoto‘ldiruv funksiyasining o‘ziyoq 800 mingdan 3,2 milliongacha ovozlarni siljitishi mumkin bo‘lgan va bu haqida hech kim bilmagan", - deydi Epston.
Epsteynning fikricha, bir nomzodni qo‘llovchi eng yetakchi qidiruv natijalari saylovda tanlovni amalga oshirmagan 20 yoki undan ortiq foizni tashkil qiluvchi ovozlarning taqsimlanishiga hech qanday to‘siqlarsiz ta'sir o‘tkazishi mumkin.
"Google'ning Klinton xonimni kuchli qo‘llab-quvvatlashini inobatga olib, shuni taxmin qilish mumkinki, Google xodimlari qidiruvning Klintonga aloqador salbiy variantlarini qo‘lda barataraf etishmoqda", - deya ma'lum qildi olim.
AQSh prezidentligiga saylovlar joriy yilning 8 noyabrida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
08:15 / 04.06.2026
Google xavfli kasalliklarga qarshi chivinlar yordamida kurashmoqchi
08:46 / 02.06.2026
YeI Google va Microsoft uchun davlat tenderlarini cheklashi mumkin
18:27 / 08.05.2026
O‘zbekistonliklarning xorijiy bigtex kompaniyalar pulli xizmatlaridan foydalanishi 80 foizga oshdi
10:51 / 20.03.2026