BMT: KXDR gumanitar halokat yoqasida turibdi
BMT vakillari va Xalqaro Qizil xoch jamiyati ma'lum qildiki, Shimoliy Koreya ro‘y bergan suv toshqinlari oqibatida gumanitar halokat yoqasiga keldi. Bu haqda "Bi-bi-si" xabar tarqatgan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, hukumat suv toshqinlari oqibatida 153 kishi halok bo‘lgani, 400dan ortiq kishi bedarak ketganini bildirgan. Shuningdek, mamlakatda guruch hosilining asosiy qismi yo‘q bo‘lgan, ko‘plab kishilar turar joydan ayrilgan.
Suv toshqinlari "Layornok" tayfuni ortidan kelib chiqdi.
Shu vaqtgacha qutqaruvchi guruhlar halokatdan talofat ko‘rgan hududlarga kira olmagan.
Qayd etish kerakki, Shimoliy Koreya bu vaqtgacha ham insonparvarlik yordamiga muhtoj, koreyaliklarning bir qismi ochlikdan jabr ko‘rayotgandi. Suv toshqinlari bu muammolarni yanada og‘irlashtirgan.
"Layornok" to‘foni Rossiyaning Uzoq Sharqdagi hududlariga, jumladan Primore o‘lkasiga talofat yetkazgan.
Bundan oldinroq, Shimoliy Koreya Rossiyaga Primoredagi toshqin oqibatlarini bartaraf etishda yordam taklif qilgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
14:22 / 13.11.2024
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
11:22 / 12.11.2024
Shimoliy Koreyadan qochganlar RFdagi KXDR kuchlari orasida dezertirlikka erishmoqchi
10:41 / 12.11.2024
KXDR Rossiya bilan hamkorlik shartnomasini ratifikatsiya qildi
20:11 / 10.11.2024