Jahon | 12:56 / 13.09.2016
5289
2 daqiqa o‘qiladi

Vashington Belorussiyadagi parlament saylovlari xususida fikr bildirdi

AQSh hukumatining fikricha, Belarus Respublikasida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari yetarli darajada oshkora va adolatli bo‘lmagan. Bu haqda, AQSh davlat departamenti matbuot kotibi Jon Kirbining bayonotida so‘z yuritilgan.

Uning qayd etishicha, «jiddiy muammolar saqlanib qolgan, xususan ovozlarni sanashda shaffoflik mavjud emas». Kirbining so‘zlariga ko‘ra, Belorussiya OAV qaror qabul qilishi uchun saylovchilarga yetarli ma'lumot taqdim etmagan. Bundan tashqari, respublikada saylovlar to‘g‘risidagi normativ-huquqiy asoslar yetarlicha isloh qilinmagan. 

Kirbi shuningdek, Belarus hukumatining ko‘proq muxolifat nomzodlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni xohlamaganini ta'kidlagan. Shu bilan birga, Vashington saylov jarayonidagi muhit yaxshilanganini qayd etgan. 

11 sentabr kuni Belorussiyada parlamentning quyi palatasiga saylovlar bo‘lib o‘tdi. MSK ma'lumotlariga ko‘ra, barcha saylov okruglaridan deputatlar saylangan. 
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid