Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Kvadrat Decor» - yangi tabiiy tolali dekorativ suvog‘i: ham vaqtingiz, ham naqdingizni tejaydi
Yurtimizga to‘y mavsumi kirib kelishi bilan turar-joylarni ham qaytadan ta'mirlash ishlari boshlab yuboriladi. Yangi va zamonaviy ta'mirdan chiqqan uyda yashash, yangi hayotni boshlash - barchaning orzusi. Ayrim hollarda uy remont qilinganiga ko‘p vaqt o‘tmagan bo‘lsa-da, devorlardan bo‘rtib chiqqan yoriqlar, tozalab bo‘lmaydigan dog‘lar va boshqa ko‘ngilsizliklar xona ko‘rkiga to‘sqinlik qiladi. Natijada, usta-ta'mirchilarni yollab, uyni yana qaytadan ta'mirlashga to‘g‘ri keladi.
Bu esa xonadon egasining kundalik ish tartibiga ham, hamyoniga ham o‘z ta'sirini ko‘rsatadi.



«Kvadrat Decor» kompaniyasi esa bunday mushkul va uzoq davom etuvchi jarayonni yengillashtirish maqsadida yangi dekorativ tekstil suvog‘ini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Kompaniya mahsulotlarining kundalik gulqog‘oz (oboy)lardan farqi shundaki, u avval suvda qorib olinadi va keyin devorga suvaladi. Dekorativ tekstil suvog‘i tarkibi:
Tselyuloza, tekstil tolalari, mineral qo‘shimchalar, bog‘lovchi materiallar sifatdia oziq-ovqat, kosmetika va farmasevtikada ishlatiladigan qo‘shimchalardan iborat.
Mahsulotni qayerda va nima maqsadda ishlatish mumkin?
U binolarni qurilish va ta'mirlash jarayonida ishlatiladigan dekorativ qurilish materiali hisoblanadi. Bu suvoq qurish yoki ta'mirlash jarayonlarining so‘nggi bosqichida ishlatiladi.
Ushbu mahsulot binolarning ichki yuzasiga surtish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, suriladigan yuza quruq, qum yoki shpaklyovka suvoq, gipsokarton, hatto moyli yuza ham bo‘lishi mumkin.



Quyida uyning bezagi uchun nega aynan «Kvadrat Decor» mahsulotlarini tanlash lozimligi haqida 10ta asosiy sababni aytib o‘tamiz:
1. Agarda devorning bir qismi ko‘chib tushsa, gulqog‘ozning ozginasini suvda ivitib, o‘zingiz ham devorga surtib, avvalgidek qilib qo‘yaverasiz.
2. Mahsulot ishlab chiqaruvchilarining so‘zlariga ko‘ra, «Kvadrat Decor» gulqog‘ozlarini oq ko‘ylak, qora shimda turib ham devoringizga suvashingiz mumkin. Kiyimingizga esa gard ham yuqmaydi.
3. «Kvadrat Decor» gulqog‘ozlari boshqa oboylarga o‘xshab, kleylanib, yopishtirilmaydi. Avval ivitilib, so‘ngra devorga suvaladi. Natijada uyda umuman chang ko‘tarilmaydi, devorning teshik-yoriqlari, notekisligi ham halaqit bermaydi.
4. Shuningdek, ulardan yoqimli hid taralib turadi. Bu esa uyga tashrif buyurgan insonga yoqimli taasurot va hush kayfiyat ulashadi.
5. Surtish yuzasini alohida tayyorlash shart emas. Ya'ni undan binoning maxsus notekis, qayrilgan joylarida ham foydalanish mumkin;
6. U tabiiy tolali materialdan tayyorlangani uchun tabiiy jihatdan mutlaqo xavfsiz hisoblanadi;
7. Tekistil dekorativ suvog‘i barcha boshqa suvoqlarga nisbatan issiqlik izolyatsiyasi, shovqinni yutish va akustikasi yaxshiligi bilan ajralib turadi;
8. Ustaning fantaziyasiga qarab, undan bezak uchun kreativ va betakror kompozitsiyalar, geometrik shakllar hosil qilish mumkin;
9. U o‘zidagi antiseptik qo‘shimchalar hisobiga xilma-xil zamburug‘lar, bakteriya va dog‘lar hosil bo‘lmasligini kafolatlaydi.
10. Bu suvoq turida ranglar turi juda ko‘p bo‘lib, hozirda «Kvadrat Decor» kompaniyasi 40 xildan ortig‘ini taklif qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, «Kvadrat Decor» gulqog‘ozlarining bir qopida 1,5 kilogramm mahsulot bo‘ladi va u devor tekisligiga qarab 6 metr kvadrat yuzani suvash uchun yetadi.


«Kvadrat Decor» kompaniyasi vakillari o‘z mijozlariga gulqog‘ozni tayyorlash va devorga suvash jarayoni qanday kechishini namoyish etuvchi maxsus videoni taqdim etadi:
Uyingizga o‘zgacha dekorativ ko‘rk bag‘ishlashga qaror qildingizmi, u holda sizga ham ortiqcha harakat va harajatlarsiz «Kvadrat Decor» tekistil suvog‘idan foydalanishni tavsiya qilamiz.
Mazkur mahsulotni yurtimizning deyarli barcha qurilish bozorlaridan harid qilish mumkin.
Murojaat uchun telefon: (+99897) 715-8005 va (+99897) 715-9005
Instagram sahifasi: instagram.com/kvadrat_decor
Mavzuga oid
14:49 / 02.04.2026
Gulistonda ko‘p qavatli uy qulash xavfi sabab unda yashovchilar evakuatsiya qilindi
15:20 / 06.01.2026
Ajrimdan keyin erkak ayolni uy bilan ta’minlashi shartmi? Qonun tahlili
23:34 / 25.12.2025
Toshkent shahri uchun dizayn-kod ishlab chiqildi
14:27 / 15.12.2025