Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasi 71-sessiyasi ochildi
Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 71-sessiyasi o‘z ishini boshladi.
Bosh Assambleya raisi, Fijining tashkilotdagi doimiy vakili Piter Tomson 3 marta bolg‘a urib, sessiya ochilganini ma'lum qildi va 193 mamlakat vakillari bo‘lgan diplomatlarni 1 daqiqa sukut saqlashga taklif etdi.
Tompson 71-sessiya BMTning 2030 yilgacha mo‘ljallangan 17ta maqsadini hayotga tatbiq qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘lishini ta'kidladi.
71-sessiya davomida Bosh Assambleya BMTning yangi bosh kotibini saylaydi. 2007 yil, 1 yanvardan beri bu lavozimni egallab turgan Pan Gi Munning vakolati 2016 yil, 31 dekabrda yakunlanadi va u uchinchi besh yillik muddatga saylanish huquqiga ega emas.
Nomzodlar qatorida YuNeSKO ijrochi direktori Irina Bokova, BMT Rivojlanish Dasturi rahbari Xelen Klark, Chili yetakchisi Mishel Bachelet, Litva prezidenti Dalya Gribauskayte hamda Daniyaning sobiq bosh vaziri Xelle Torning-Shmidt nomlari bor.
71-sessiya kun tartibidan 170ta mavzu, jumladan, Afrika davlatlari rivojlanishi masalalari, gumanitar yordamlar yetkazishda hamkorlik qilish, tinchlik va xavfsizlikni saqlash, qurolli mojarolarning oldini olish, terrorizm va irqiy kamsitishga qarshi kurash, atrof-muhitni asrash, yadro qurolini tarqatmaslik tartibiga rioya etish, inson huquqlarini himoya qilish va qonun ustuvorligini ta'minlash masalalari o‘rin olgan.
Qurolli mojarolaro oldini olish hamda xalqaro miqyosda tinchlik va xavfsizlikni saqlash bloki o‘z ichiga Yaqin Sharqdagi vaziyat, Falastin muammosi, Afg‘onistondagi vaziyat, Kipr masalasi, Kongo demokratik respublikasidagi vaziyat va boshqalarni oladi.
Shuningdek, giyohvandlik muammosini nazorat qilish, xalqaro terrorizmga qarshi kurash, tinchlikka qarshi amaliyotlarni moliyalashtirish muammolari muhokama etiladi.
1 haftadan keyin umumsiyosiy muhokamalar qismi ochiladi. Unda an'anaviy ravishda davlatlar rahbarlari, hukumatlar rahbarlari va tashqi ishlar vazirlari ishtirok etishadi. Bu muhokamalar 20-26 sentabr kunlarida o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
00:47 / 21.09.2023
Shavkat Mirziyoyevning Nyu-Yorkka tashrifi yakunlandi
10:57 / 08.09.2023
Nyu-York meri noqonuniy muhojirlar oqimi shaharni vayron qilishi mumkinligini aytdi
07:34 / 08.07.2023
Kechki yoki sirtqi ta’limda tahsil olayotgan xodimlarga sessiya vaqtida oylik saqlangan ta’til beriladi
10:56 / 10.06.2023