Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sindzo Abe Kubaga tashrif buyuradigan birinchi Yaponiya bosh vaziri bo‘ladi
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Kubaga tashrif buyuradigan birinchi Yaponiya bosh vaziri bo‘ladi. Bu haqda Yaponiya hukumati bosh kotibi Yosixide Suga ma'lum qildi.
Amaldorning aytishicha, Abe tashrif davomida Kuba yetakchisi Raul Kastro bilan ikki tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirishni muhokama qiladi.
"Yaponiya hukumati yapon firmalariga AQSh bilan diplomatik munosabatlarning tiklanishidan keyin ham davlat, ham xususiy sektorlarda investitsiyalarning ajoyib obekti bo‘lgan Kubada bo‘lishni kengaytirishda yordam berishga umid qilmoqda", deb aytdi Suga.
AQSh va Kuba munosabatlarining yaxshilanishi 2014 yil 17 dekabrda e'lon qilingan. 2015 yil 20 iyulda ikki davlatda AQSh va Yaponiya elchixonalari ochilgandi.
2016 yil 20 mart kuni 88 yil ichida birinchi marta Kubaga AQSh prezidenti tashrif buyurdi. Obamagacha Kubada 1928 yilda AQShning 30-prezidenti Kalvin Kulij bo‘lgan.
Mavzuga oid
23:24 / 12.02.2026
Rossiya Trampning tahdidlariga qaramay, Kubaga neft yetkazib berishga qaror qildi
12:24 / 12.02.2026
Rossiya aviakompaniyalari Kubaga parvozlarni vaqtincha to‘xtatdi
09:52 / 10.02.2026
Kuba: aeroportlarda aviayonilg‘i yo‘q - xorijiy reyslar qayta ko‘rib chiqilmoqda
08:40 / 09.02.2026