Tayvanda to‘fon tufayli 630 mingga yaqin oila elektr energiyasiz qolib ketdi
Tayvanda "Meranti" deb nomlangan kuchli to‘fon tufayli orolda yashovchi 630 mingga yaqin oila elektr energiyasiz qolib ketdi, deb xabar bermoqda "Sinxua" axborot agentligi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, orolning 710 ming aholisi shuningdek suv taminotisiz qolib ketgan.
14 sentabrda ehtiyot chorasi sifatida orolning janubidagi Pindun uyezdidagi AESda ikkita reaktor o‘chirib qo‘yildi.
Tabiiy ofat tufayli 233 ta ichki reys bekor qilingan. Shuningdek, Tayvan va Lanyuy, Lyuydao, Tszinmen, Penxu o‘rtasidagi suv orqali harakat to‘xtatildi. To‘fon qisman temir yo‘l va avtotransport aloqasini izdan chiqardi.
13 sentabr kechki payt Xitoy markaziy meteorologik xizmati to‘fon yaqinlashishi sababli "zarg‘aldoq" ogohlantirish e'lon qilgan. Ob-havo mutaxassislari fikricha, bu to‘fon joriy yildagi 14-to‘fon bo‘lib, u 15 sentabrda Xitoyning Futszyan va Guandun viloyatlari sohillariga yetib kelishi mumkin. 14 sentabrda ogohlantirish darajasi eng maksimal "qizil"gacha ko‘tarilgan.