Jamiyat | 19:55 / 14.09.2016
8997
5 daqiqa o‘qiladi

Urganch shahar Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlari o‘z samarasini bermoqda

Mustaqil rivojlanish yillari davomida mamlakatimizda inson huquqlari himoyasi, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishni ta'minlaydigan izchil hamda o‘suvchan mexanizmlar tizimi yaratildi, bunda nodavlat-notijorat  tashkilotlari alohida o‘rin tutadi. 

I.A.Karimovning “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da belgilab berilgan yo‘nalishlari asosida Federatsiya va uning quyi tuzilmalari tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish hamda faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida davlat hokimiyatining markaziy muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish borasidagi chora-tadbirlar belgilanib, amalga oshirilmoqda. Ushbu konsepsiya talablari asosida bugungi kunda ishlab chiqilgan va amalda bo‘lgan bir qator qonunlar mamlakatimiz aholisining iste'molchilik huquqlarini himoya qilishga xizmat qilib kelmoqda. Kontseptsiya talablaridan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasining 2014 yilning 25 sentabrida qabul qilingan “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonuni 2015 yil 1 yanvardan kuchga kirishi mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy hayotida katta voqea bo‘ldi.

Iste'molchilar huquqlari va manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash uchun jamoatchilikni keng jalb qilish, ichki iste'mol bozorida sifati past, odamlar hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi tovarlar sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, aholining huquqiy va iste'mol ma'daniyatini oshirish sohasida amaldagi qonunlar va qonunosti me'yoriy hujjatlari bo‘yicha jamiyatimiz tomonidan tushuntirish – targ‘ibot ishlari muntazam ravishda amalga oshirilmoqda.

Bu targ‘ibot tadbirlari natijasida Urganch shahar Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan 2016 yilning hozirgi kuniga qadar ko‘plab targ‘ibot tadbirlari amalga oshirildi va murojaatlar kuzatildi. Jumladan, Urganch shahar Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan 6 ta o‘quv seminari va 27 ta davra suhbati, radio orqali 630 marotaba eshittirish, televideniye orqali 56 marta chiqish hamda markaziy, mahalliy gazetalarda 11 ta, potreb.uz saytida 16 ta maqolalar yoritildi.

 Jamiyatimizda joriy yilning hozirgi kuniga qadar 41 marta murojaat qilingan bo‘lib, ularning barchasi ijobiy hal qilinishi natijasida iste'molchilarning oilaviy byudjyetiga yetishi mumkin bo‘lgan       56 301 645 so‘m zararning oldi olinishiga erishildi. Misol tariqasida,  Xorazm viloyati, Qo‘shko‘pir tumani, O‘zbek yop qishlog‘i, Qal'a mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Sabirova Ozoda, Urganch shahar, Tinchlik ko‘chasida joylashgan “Universal maishiy qurilish savdo” MChJ savdo shahobchasidan “BeKO” rusumli tyunerni 120 000 so‘mga sotib olgan. Biroq ushbu tyuner xonadonidagi televizorga mos kelmagan. Shu sababli O.Sabirova ushbu tyunerni do‘konga olib borib, pulini qaytarib berishlarini so‘ragan. Ammo rad javobini olgach, o‘zining iste'molchi sifatidagi haq-huquqlarini himoya qila olmagach, jamiyatimizga ariza bilan murojaat qilishga majbur bo‘ladi. 

O‘rganish natijasida, iste'molchi Sobirova Ozodaning arizadagi holatlari o‘z tasdig‘ini topdi va jamiyat xodimlari tomonidan Urganch shahar, Tinchlik ko‘chasida joylashgan “Universal maishiy qurilish savdo” MChJ savdo shahobchasi xodimlariga jamiyat xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-sonli qarorining tegishli bandlari hamda O‘zbekiston Respublikasi “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 18-moddalari to‘g‘ri tushuntirilishi natijasida iste'molchining talabi to‘liq qanoatlantirilishiga  va Sobirova Ozoda tomonidan sotib olingan VeKO rusumli tyunerning 120 000 so‘m pul mablag‘i qaytarib berilishiga erishildi. 


  Urganch shahar IHHQ jamiyat ijrochi-direktori:  Elmurod  Qurambayev

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid