Jahon | 20:06 / 15.09.2016
6642
1 daqiqa o‘qiladi

Atambayev va MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi tashkilotdagi islohotlar masalasini muhokama qildi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev va MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedev uchrashuvida hamdo‘stlikni isloh etish masalasi muhokama qilingan. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabar tarqatgan.

"Prezident A. Atambayev va MDH Ijroiya qo‘mitasi rahbari S. Lebedev MDH sammiti kun tartibidagi masalalarni muhokama etishdi", — deyilgan xabarda.

Uchrashuvda tomonlar 16-17 sentabr kunlari Bishkekda o‘tkaziladigan yubiley sammit davomidagi marosimlarni, shuningdek, sammit ishtirokchilari qarshisida turgani bir qator masalalarni, jumladan tashkilot organlarini isloh qilish va uni zamonaviylashtirish masalalari muhokama etilgan.

Mavzuga oid