Qirğiziston prezidenti Almazbek Atambayev barqaror rivojlaniş böyiça Milliy kengaş yiğilişida iştirok etdi.
«Tartibsizliklar uyuştirmoqçimisan? Unda seni tergov izolyatori kutadi», degan prezident.
Uning sözlariga köra, mamlakat öz vaqtida namoyişlar va zöravonliklar tufayli nom çiqargandi. Endi esa mamlakatda islohotlar olib borilmoqda, dunyo bu mamlakatni Butun dunyo köçmançilik öyinlari orqali biladi.
«Endi qöşni davlatlar Qirğizistonni kamsita olişmaydi. Ular bizga havas bilan qaraşadi», degan Atambayev.
«Bizning mamlakatimiz va xalqimiz şu töğri yölda harakatlanişda davom etadi. Agar biz öz yutuqlarimizni yöqotişni istamasak, 25 yillik yöl xaritasini işlab çiqişimiz kerak. Men mamlakatimiz bu yölda ravon harakatlanadi deb öylayman. Turli manfur siyosatçilar bizni yöldan çiqarib yubora olmaydi», — degan Almazbek Atambayev.
U ikkinçi inqilob arafasida özi ham qamoqda ötirganini eslagan.
«Men ham şunday kamerada bölganman. Ammo hozir butunlay boşqaça vaziyat. Tartibsizliklar istayapsanmi, unda seni tergov izolyatori kutadi, eşiklar oçiq.
Tinçlik va barqarorlik — biz erişgan eng asosiy yutuqlar. Qirğiziston suveren davlatga aylandi. Biz heç kimga bu tinçlikka daxl qilişga yöl qöymaymiz. Kimni yuborişmasin, endi mamlakat boşqa yölga burilmaydi. Bizning mamlakatimiz milliy va madaniy tuğilişning tarixiy bosqiçini boşdan keçirdi», — degan prezident.
















