Nihoyat Qirğiziston sotsial-demokratik partiyasi mamlakat prezidentligi lavozimiga öz nomzodini aniqlab oldi. Partiya siyosiy kengaşi mamlakatning ayni paytdagi boş vaziri Sooronbay Jeenbekov nomzodida töxtaldi.

Ilgariroq, sobiq hukumat boşliği Temur Sariyev, «Respublika — Ota Yurt» fraksiyasi yetakçisi Omurbek Babanov, «Onuguu-Progress» partiyasi rahbari Bakit Torobayev va korrupsiyada ayblanib, Qirğiziston milliy xavfsizligi davlat qömitasi yertölasida hibsda saqlanayotgan «Ota makon» partiyasining özgarmas rahbari Omurbek Tekebayev prezidentlik saylovi poygasida öz iştirokini bildirib ötgan edi.

Ekspertlar agar prezidentlik saylovoldi kampaniyasi boşlanişidan oldin sud Tekebayevga nisbatan hukm öqimasa va uning nomzodi olib taşlanmasa, poyga aynan mana şu beş nomzod örtasida bölib ötişini başorat qilişmoqda. Tahlilçilarning fikriça, qolgan nomzodlar statistlar sifatida saylovda qatnaşişadi.

Qirğizistonning «24.kg» axborot agentligi nomzodlarning tarjimai holidagi eng e'tiborga molik jihatlarni yodga olib çiqdi.

Zootexniklikdan boş vazirlikkaça

Sooronbay Jeenbekov 1958 yilda Öş viloyatining Qorakulça qişloğida tavallud topgan.

Jeenbekovlar uruği mamlakat janubida eng nufuzlilaridan biri sanaladi.

Foto: Sputnik

Uning otasi Şerip Jeenbekovning olti öğli, ikki qizi bor. Tönğiçi — Kantoro Jeenbekov obröli olim bölgan. U hayotini fanga bağişlab, katta siyosatdan özini tortib yurgan. Kantoro Şaripoviç şu yilning aprelida Prezident iş yuritiş boşqarmasiga qaraşli kasalxonada vafot etdi. Uning ölimiga insult sabab böldi.

Nomzodning kiçik akasi — Asilbek Jeenbekov — yaqin-yaqingaça Qirğiziston parlamentida spiker lavozimini egallab kelayotgan edi. Agar Sooronbay Jeenbekov hukumatni boşqara boşlamaganida, u şu kunlarda ham parlament rahbari bölib turgan bölar edi. Asilbek Jeenbekov öz vazifasidan voz keçişga majbur böldi. Jusupbek Şaripoviç yaqingaça mamlakatning Saudiya Arabistonidagi elçisi edi. Jirğalbek Jeenbekov Öş viloyatida yaşaydi. Janişbek Jeenbekov — amakivaççasi. Eng kenjasi Iskender Jeenbekov 28 yoşida Öş viloyati prokurori bölgan edi, u ham vafot etgan. Sooronbay Jeenbekovning opa-singillari haqida ma'lumot yöq. Ular siyosatdan yiroq, oddiy hayot keçirişadi.