Qirğiziston prezidenti Almazbek Atambayev yana bir marta ikkinçi muddatga saylaniş niyatida emasligini ta'kidlab ötdi. U matbuot anjumani vaqtida jurnalistlarga şu haqida ma'lum qilgan.

«Gellap instituti söroviga köra reytingim 77–78 foiz atrofida. Ha, boşqa davlatlar rahbarlari ham ikkinçi muddatga qolişim kerakligini aytişdi», — deya qayd etgan u.

U bu işni qilmasligi, şu bilan birga siyosatda qolişi, lekin boş vazir ham, spiker ham bölmoqçi emasligini ta'kidlagan. Atambayev Qirğiziston sotsial-demokratik partiyasi rahbari sifatida qolmoqçi.

«Siyosatda qoliş uçun muayyan lavozimda böliş şart emas. Agar men buni istaganimda boşqa referendum ötkazgan bölardim», — deya qayd etgan prezident.