Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeChL. "E" guruhi. "Bayyer" TsSKA bilan durang o‘ynadi, "Tottenhem" musobaqani mag‘lubiyat bilan boshladi
14 sentabr kuni Chempionlar Ligasining 1-turining qolgan guruhdagi uchrashuvlari davom etdi. "Ye" guruhi vakillari ham dastlabki tur o‘yinlarini o‘tkazishdi. "Bayyer" o‘z maydonida TsSKA bilan bahs yuritdi. Guruhning ikkinchi uchrashuvida esa "Tottenhem" "Uembli"da "Monako"ga qarshi to‘p surdi.
Germaniya vakili "Bayyer" TsSKA bilan o‘yinda ketma-ket ikkita tezkor gol kiritishning uddasidan chiqqan bo‘lishiga qaramay, g‘alabani saqlab qola bilmadi. TsSKA ikkita o‘tkazib yuborilgan goldan o‘zlariga kelishdi hamda birinchi taymning o‘zidayoq muvozanatni tiklashdi. Bu hisob o‘yin so‘nggiga qadar saqlanib qolindi, - 2:2.
"Tottenhem" esa kutilmaganda musobaqani mag‘lubiyat bilan boshladi. "Uembli"da "shporlar" "Monako"ga 2:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
"Bayyer" – TsSKA 2:2
Gollar: Mexmedi 9, - 1:0. Chalxanoglu 15, - 2:0. Dzagoyev 36, - 2:1. Yeremenko 38, - 2:2
"Bayyer" – Leno, Toprak, Ta, Vendell, Xenrixs, Kampl, Bender (Folland, 51), Brandt, Chalxanoglu (Arangis, 46), Mexmedi, Ernandes (Poxyanpalo, 46).
TsSKA – Akinfeyev, Berezutskiy, Shennikov, Fernandes, Ignashevich, Dzagoyev, Vernblum, Yeremenko, Ionov (Milanov, 78), Golovin, Traore (Strandberg, 73).
Ogohlantirishlar: Vendell (83), Xenrixs (86).
"Tottenhem" – "Monako" 1:2
Gollar: Bernardu Silva 15, - 0:1. Lemar 31, - 0:2. Alderveyreld 45, - 1:2.
"Tottenhem" – Loris, Alderveyreld, Devis, Uoker, Vertongen, Lamela (Yanssen, 71), Alli, Dayyer (Sissoko, 81), Eriksen, Son Xyn Min (Dembele, 46), Keyn.
"Monako" – Subashich, Jyemerson, Glik, Sidibe, Fabino, Moutinyu, Bakayoko, Bernardu Silva, Dirar (Lemar, 5), Radji, Falkao (Jyermen, 81).
Ogohlantirishlar: Keyn (35), Glik (50), Fabino (55).