Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeChL. "G" guruhi. "Lester" musobaqani g‘alaba bilan boshladi, "Portu" bir kishi ko‘p bo‘lganiga qaramay, "Kopengagen"ni yengga olmadi
Chempionlar Ligasi debyutanti "Lester" 14 sentabr kuni musobaqadagi ilk uchrashuvini "Bryugge"ga qarshi o‘tkazdi.
Klaudio Raneri shogirdlarining turnirdagi ilk goli 5-daqiqada Mark Olbrayton tomonidan kiritildi. 29-daqiqaga kelib esa Riyoz Mahrez "Lester"ning navbatdagi to‘pini yo‘llagan bo‘lsa, jazoirlik futbolchi 61-daqiqada ham penaltidan yana bir bor gol urishning uddasidan chiqdi, - 0:3. Shunday qilib, APL chempioni musobaqadagi yurishini g‘alaba bilan boshladi.
Portugaliyada "Portu" jamoasi "Kopengagen"ga qarshi to‘p surdi. Uchrashuvda tomonlar 1:1 hisobida durang qayd etishdi. Mehmonlar maydonda bir kishi kam bo‘lib qolganiga qaramay, "ajdarlar" bilan durang o‘ynashga muvaffaq bo‘lishdi.
"Portu" – "Kopengagen" 1:1
Gollar: Otavio 13, - 1:0. Kornelius 52, - 1:1.
"Portu" – Kasilyas, Felipe, Telles, Layyun, Markano, Oliver Torres, Danilu Pereyra, Otavio (Diogu Jota, 82), Errera (Braimi, 70), Korona (Depuatr, 62), Andre Silva.
"Kopengagen" – Olsen, Yorgensen, Augustinsson, Ankersen, Yuxansson, Gregush, Kvist, Dileyni, Tutu (Falk, 77), Santander (Verbich, 69), Kornelius.
Ogohlantirishlar: Gregush (12), Markano (64).
Chetlatish: Gregush (66).
"Bryugge" – "Lester" 0:3
Gollar: Olbrayton 5, - 0:1. Mahrez 29, - 0:2. Mahrez 61 penalti, - 0:3
"Bryugge" – Byutel, Engels (Pulen, 53), De Bok, van Reyn, Densvil, Simons, Pina, Vanaken, Vormer, Iskerdo (Jyedoz, 78), Diabi (Vossen, 63).
"Lester" – Shmeyxel, Morgan, Fuks, Ernandes, Xut, Amarti, Drinkuoter, Olbrayton, Mahrez (Grey, 81), Slimani (Uloa, 62), Vardi (Musa, 70).
Ogohlantirishlar: Simons (27), Engels (34), Slimani (48), Byutel (60), Uloa (90).