Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI Rossiya bilan munosabatlardagi sanksiyalarni uzaytirdi
Yevropa ittifoqi Rossiya va Ukrainadagi jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan alohida sanksiyalar muddatini uzaytirdi. Bu haqda YeI Kengashida ma'lum qilingan.
"Kengash YeIning cheklov choralari muddatini 6 oyga uzaytirdi. Bu choralar Ukrainaning hududiy yaxlitligiga, mustaqilligi va suverenitetiga qarshi yo‘nalishlarda bo‘lib, sanksiyalar 146 nafar jismoniy shaxs hamda 37 yuridik shaxsning ittifoq hududiga kirishini cheklaydi", deyilgan xabarda.
Qayd etilishicha, bu qaror rasmiy xarakterga ega bo‘lib, siyosiy verdikt 7 sentabr kuni YeIning doimiy vakillari qo‘mitasida e'lon qilingandi.
Mavzuga oid
09:06
Vengriya Ukrainaning YeIga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarini yana blokladi
08:53 / 23.06.2026
Starmer iste’fosidan so‘ng YeI – Buyuk Britaniya sammiti qoldirildi
08:58 / 19.06.2026
Orbansiz sammit: YeI Ukraina bo‘yicha yagona pozitsiyaga keldi
08:22 / 19.06.2026