Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Huawei P8 Lite quroldan otilgan o‘qni to‘xtatib, egasini o‘limdan saqlab qoldi
41 yoshli Siraax Abraxam o‘z avtomobilida o‘g‘rilar hujumining qurboniga aylandi. Janubiy-afrikalik tadbirkor o‘z uyiga yo‘l olganida ikki jinoyatchi uni mashinasidan olib chiqishga harakat qilishdi. Hujum oqibatida jinoyatchilar quroldan foydalanib, ikki metr masofadan Abraxamning ko‘kragiga o‘q uzishdi. O‘qni esa Huawei P8 Lite smartfoni to‘xtatib qoldi.

Smartfon erkakning chap yonidagi cho‘ntagiga solingan edi. O‘q to‘g‘ri yurak tomon uchdi, biroq u tanaga yetib bormagan bo‘lsa ham, uning zarba kuchi bir necha soniya jabrlanuvchining yuragini to‘xtatib qo‘ydi. Abraxamning 16 yoshli qizi otasini avtomobili yonida topib olganidan so‘ng uni kasalxonaga olib borishdi.

Huawei metall ramka bilan qoplanmagan va mutlaqo plastikdan tayyorlangan. Biroq u ikki metrdan otilgan o‘qni to‘xtatib qolishga muvaffaq bo‘ldi. Suratlarda ko‘rish mumkinki, o‘q yon panelga kelib tushib, orqa panel orqali chiqib ketguniga qadar to‘xtagan.
Mavzuga oid
18:13 / 10.06.2026
Smartfonni quvvatlashdagi asosiy xatolik aytildi
17:37 / 09.06.2026
Afg‘onistonda davlat xizmatchilariga smartfondan foydalanish taqiqlandi
13:00 / 14.05.2026
Huawei Digital Power “O‘zbekiston Energetika haftaligi – 2026 (UEW)”da yashil innovatsiyalarni ilgari surmoqda
21:33 / 25.04.2026