Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kun sensatsiyasi. "MYu" Yevropa Ligasini mag‘lubiyat bilan boshladi
"Manchester Yunayted" jamoasi Yevropa Ligasining 1-tur uchrashuvini Niderlandiyada "Feyyenoord"ga qarshi o‘tkazdi.
Kutilmaganda, mankunianliklar musobaqani mag‘lubiyat bilan boshladi. Uchrashuvning 79-daqiqasida Tonni de Vilxena tomonidan kiritilgan yagona gol bahs taqdirini hal qildi. Joze Mourino shogirdlari gol qo‘yib yuborganidan keyin qator imkoniyatlarga ega bo‘lganiga qaramay, muvozanatni tiklay olishgani yo‘q. Shunday qilib, "MYu" Yevropa Ligasining 1-turida sensatsiya ko‘rsatgan holda, mag‘lubiyat alamini tortib ko‘rdi.
Yevropa Ligasi, 1-tur, "A" guruhi
"Feyyenoord" - "Manchester Yunayted" - 1:0
Gol: de Vilena, 79
"Feyyenoord" – Jons, Bottegin, Kongolo, Karsdorp (Niukop, 90), van der Xeyden, Tornstra, El-Ahmadiy, Kyuyt, de Vilxena, Bergeys (Basajikoglu, 68), Yorgensen.
"Manchester Yunayted" – De Xea, Smolling, Roxo, Darmian, Bayi, Mata (Yang, 63), Shnayderlin, Errera, Pogba, Marsyal (Depay, 63), Reshford (Ibrahimovich, 63).
Ogohlantirish: van der Xeyden (23).
Mavzuga oid
12:01 / 25.05.2026
«Arsenal» kubok ko‘tardi, «Siti» va «Liverpul» afsonalari bilan xayrlashdi
10:29 / 10.05.2026
«Siti» poygaga qaytdi. Kun o‘yinlari
13:31 / 04.05.2026
«Inter» – chempion, «Real» «Barsa»ga toj kiydirishni kechiktirdi. Kun o‘yinlari
11:48 / 14.04.2026