Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida ikki davlat chegarasini belgilash masalasida jarayon boshlandi
Qirg‘iziston va Tojikiston yaqin kunlarda ikki mamlakat o‘rtasidagi davlat chegarasini belgilash ishlarini davom ettirishadi. Bu haqida 17 sentabr kuni Bishkekda bo‘lib o‘tgan Qirg‘iziston vazirlar mahkamasi bosh vazir o‘rinbosari Jyenish Razzoqovning Tojikiston bosh vazir o‘rinbosari Azim Ibrohim bilan o‘tkazgan uchrashuvi natijalariga ko‘ra, Qirg‘iziston hukumatining matbuot xizmati ma'lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Azim Ibrohim Bishkekka tojik delegatsiyasi tarkibida MDH davlat rahbarlarining 16 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan Kengash majlisida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan. Razzoqovning tojikistonlik hamkasbi bilan o‘tkazgan uchrashuvi davomida ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirish masalalari, xususan savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, shuningdek qirg‘iz-tojik chegarasining delimitatsiyasi va demarkatsiyasi muhokama qilingan.
Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasining uzunligi taxminan 970 kilometrni tashkil qiladi, chegara hududining yarmi muvofiqlashtirilmagan. Tomonlar shu paytgacha bahsli hududlar bo‘yicha bir to‘xtamga kela olishmagan.
Mavzuga oid
07:25 / 19.01.2026
Yevropadagi eng uzun quruqlik chegaralari: infografika
20:56 / 16.01.2026
Qirg‘izistonda telekanallarga rus tilidagi kontent namoyishi qisman cheklandi
19:20 / 12.01.2026
Makkada qirg‘izistonlik ziyoratchilar uchun bepul mehmonxona qurilishi boshlandi
18:09 / 07.01.2026