Jahon | 07:18 / 18.09.2016
5961
1 daqiqa o‘qiladi

Global jamg‘arma OITS va silga qarshi kurash uchun 12,9 mlrd dollar yig‘di

OITS, sil va bezgakka qarshi kurashuvchi global jamg‘arma bu kasalliklarni 2030 yilgacha yo‘q qilish uchun 12,9 mlrd dollar yig‘di, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Jamg‘arma hukumatlar, diniy tashkilotlar va xususiy hamkorlarga Monrealdagi anjumanga 13 mlrd dollar yig‘ish iltimosi bilan murojaat qilgandi.

"Biz kelajakda 8 mln kishining hayotini muvaffaqiyatli saqlab qolish haqida ishonch bilan gapirishimiz mumkin", deb aytdi Bill Geyts va qo‘shiqchi Bono kabilar qatnashgan anjumanda Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo.

Tryudoning aytishicha, bu anjuman o‘ziga tortgan e'tibor jamg‘armaga keluvchi xayr-ehsonlar to‘xtamasligini ishonch bilan aytishga ijozat beradi.

 

Mavzuga oid