Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanada Rossiya hududida vizalar berishni to‘xtatdi
Kanada hukumati Rossiya hududidagi vizalar markazlarida hujjatlarni qabul qilish to‘xtatilganini e’lon qildi. Kanada vizasini olish uchun Rossiya tashqarisidagi markazlarga murojaat qilish tavsiya etilmoqda.
Rossiya hududidagi Kanada vizalar markazlari 28 yanvar, chorshanba kunidan boshlab vizalar uchun hujjatlar qabul qilishni to‘xtatdi. Bu haqda Kanada hukumatining rasmiy saytida ma’lum qilingan.
“Rossiyadagi vizalar markazlari ochiq qolmoqda, ammo endi vizalar rasmiylashtirish uchun pasportlar yoki hujjatlarni qabul qilmaydi”, — deyiladi xabarda. Bu qaror sabablari izohlanmagan. Shu bilan birga, Kanada hukumati rossiyaliklarga kirish ruxsatnomasini rasmiylashtirish uchun Rossiya tashqarisidagi vizalar markazlariga murojaat qilishni tavsiya etmoqda.
Rossiyadagi Kanada vizalar markazlari Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Rostov-Don va Yekaterinburg shaharlarida faoliyat yuritadi. Kanada vizasini olish uchun zarur bo‘lgan biometrik ma’lumotlarni (barmoq izlari va boshqalar) topshirish imkoniyati hozircha saqlanib qolmoqda.
Mavzuga oid
08:46
Rossiya Kiyevga raketa, Xarkivga dronlar bilan hujum qildi
22:07 / 15.07.2026
Rossiyada migrantlar harakatini kuzatish uchun telefon sotib olishga majburlanishi mumkin
11:20 / 15.07.2026
AQSh Rossiyaga bosimni kuchaytirish uchun yangi sanksiyalar paketini tayyorladi
09:40 / 15.07.2026