Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Kanadaga 100 foizlik boj kiritish bilan tahdid qildi
Bundan tashqari, u Kanada bosh vaziri Mark Karnini «gubernator» deb atadi.
Agar Kanada Xitoy bilan savdo kelishuvi tuzadigan bo‘lsa, AQSh Kanadaning barcha mahsulotlariga 100 foizlik boj kiritadi, dedi AQSh prezidenti Donald Tramp.
U Kanada Xitoy elektromobillari importini oshirib «katta xato»ga yo‘l qo‘yayotganini aytdi.
«Xitoy Kanadani g‘ajib tashlaydi, biznesi, ijtimoiy tuzilmasi va hayot tarzini parchalab, uni yutib yuboradi. Agar Kanada Xitoy bilan savdo kelishuvi tuzadigan bo‘lsa, Kanadaning AQShga olib kiriladigan barcha mahsulotlariga zudlik bilan 100 foizlik boj kiritiladi», — deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.
Bundan tashqari, u Kanada bosh vaziri Mark Karnini «gubernator» deb atadi.
«Agar gubernator Karni Kanadani Xitoy mahsulotlarini AQShga olib kirish uchun «o‘tkazish punkti»ga aylantirishni o‘ylayotgan bo‘lsa, qattiq adashyapti», — deya qo‘shimcha qildi AQSh prezidenti.
Kanadaning Xitoy bilan yaqinlashuvi AQSh bilan savdo bojlari va Grenlandiya borasidagi qarama-qarshiliklar fonida boshlandi. Tramp o‘tgan yil avgustida Kanada mahsulotlariga nisbatan boj miqdorini 35 foizga oshirgandi. Ungacha aksariyat mahsulotlarga nisbatan boj stavkasi 25 foiz edi.
Mavzuga oid
20:36 / 04.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni AQSh Mustaqillik kuni bilan tabrikladi
22:57 / 03.07.2026
Donald Trampga 321 ta olmos ko‘zli uzuk sovg‘a qilindi - OAV
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
19:37 / 01.07.2026