Grenlandiya poytaxti Nuuk şahrida orolning zamonaviy tarixida ilk bor Fransiya va Kanada konsulxonalari oçildi. Ikkala diplomatik vakolatxonani oçiş marosimlari juma kuni, 6 fevralda bölib ötdi.

Kanada konsulxonasini oçiş marosimida mamlakat taşqi işlar vaziri Anita Anand va Kanada general-gubernatori lavozimini egallagan Meri Saymon iştirok etdi. Saymonning aytişiça, Nuukda Kanada vakolatxonasining oçilişi nafaqat diplomatik aloqalarni mustahkamlaydi, balki «Kanadaning Grenlandiya xalqini hurmat qilişini, sizning demokratiyangiz, suverenitetingiz va öz kelajagingizni şakllantiriş huquqingizga hurmatini ham tasdiqlaydi».

Öz navbatida, orolda Fransiya konsuli bölgan Jan-Noel Puare «agar inqiroz yuzaga kelsa, biz voqea joyida bölişimizni taşkil etamiz», dedi. U şuningdek, öz oldiga «grenlandiyaliklarning pozitsiyasini tuşuniş» vazifasini qöyganini ta’kidlab, Fransiya mahalliy aholini «agar ular va Daniya tomoni buni xohlasa» qöllab-quvvatlaşga tayyor bölişini bildirdi. Şu bilan birga, fransuz konsulxonasining hozirça orolda doimiy manzili yöq.

Fransiya va Kanadaning Grenlandiyada konsulxonalar oçişi AQŞ prezidenti Donald Trampning şimoliy orolni AQŞ tarkibiga qöşiş istagi haqidagi bayonotlari davom etayotgan fonga töğri keldi.

Avvalroq Fransiya taşqi işlar vaziri Jan-Noel Barro orolda konsulxona oçilişi «Fransiyaning Grenlandiyadagi iştirokini kuçaytiriş istagi bilan boğliq siyosiy signal» ekanini ta’kidlagan. Bu haqda 2025 yil yozidan beri ma’lum edi — öşanda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron siyosiy keskinlik fonida orolga taşrif buyurgan.

Kanada esa Grenlandiyada konsulxona oçiş niyatini 2024 yilda, Tramp prezidentlik kreslosiga qaytişidan oldin bildirgan edi. Ottava bu niyatni Arktikani boşqariş «mahalliy tub xalqlar bilan hamkorlikda» amalga oşirilişi kerakligiga intiliş bilan asoslagan.

Donald Tramp bir neça bor Grenlandiya AQŞ nazoratiga ötişi kerakligini aytgan, çunki bu orol Arktika mintaqasi xavfsizligini ta’minlaşda, şuningdek AQŞ milliy xavfsizlik manfaatlari nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega.

Daniya va boşqa Yevropa rasmiylari javoban Grenlandiya Daniyaning avtonom hududi bölib, NATOning jamoaviy mudofaa me’yorlari bilan allaqaçon himoyalanganini eslatgan. Bundan taşqari, orolda AQŞ harbiy iştiroki 1951 yilgi kelişuvga köra ta’minlanadi.

Yanvar oyida Tramp Arctic Endurance («Arktik çidamlilik») missiyasi doirasida Grenlandiyaga harbiylar yuborgan mamlakatlarga — Germaniya, Daniya, Norvegiya, Şvetsiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya va Finlandiyaga nisbatan bojlar joriy etiş bilan tahdid qildi. Biroq köp ötmay AQŞ prezidenti mojaroni kuçaytirişdan voz keçdi: u NATO boş kotibi Mark Ryutte bilan uçraşuv davomida murosaga kelinganini aytdi. Muzokara iştirokçilari kelişuv tafsilotlarini oçiqlamadi.