Sport | 02:16 / 19.09.2016
4414
1 daqiqa o‘qiladi

A Seriya. "Fiorentina" o‘z maydonida "Roma"dan ustun keldi

Chempionlar Ligasi guruh bosqichidan mosuvo qolgan "Roma" jamoasi A Seriyaning 4-turida "Fiorentina" mehmoni bo‘ldi. 

Uchrashuvda "Fiorentina" jamoasi kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvning 82-daqiqasida Milan Badel tomonidan kiritilgan gol bahs taqdirini hal qildi. Bu "Roma"ning mavsumdagi dastlabki mag‘lubiyati bo‘ldi.

Italiya A Seriyasi. 4-tur

"Fiorentina"  – "Roma" – 1:0

Gol: Badel, 82 (1:0).

Ogohlantirishlar: Sanches, 31 – Florentsi, 62.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid