Özbekiston milliy terma jamoasi va Italiyaning «Roma» klubi hujumçisi Eldor Şomurodov yozgi transfer oynasida yangi klubga ötişi mumkin. Rim klubi rahbariyati futbolçining ketişiga qarşi emas, çunki Şomurodovning amaldagi şartnomasi 2026 yil iyunida yakunlanadi.
AQŞ çempionati
Dastlab Fransiyaning L’Équipe naşri özbekistonlik futbolçi nomi oşkor etilmagan Amerika klubidan rasmiy taklif olgani va hozirda muzokaralar olib borilayotgani haqida yozdi.
Hujumçining MLS’ga köçib ötişi borasidagi miş-mişlar ilgari ham tarqalgandi. Ötgan yili AQŞning «Atlanta Yunayted» klubi unga qiziqiş bildirgan, biroq transfer noma’lum sabablarga köra amalga oşmagandi.
Şuningdek, Eldorga Kanadaning «Toronto» klubi ham qiziqiş bildirgandi.
Turkiya çempionati
Payşanba kuni maşhur jurnalist Yakub Çinor özining X’dagi sahifasida Şomurodov Istanbulning «Başakşehir» klubi bilan şartnoma imzolaş uçun Turkiyaga yetib borgani haqida xabar berdi.
Manba futbolçi ayni paytda Istanbulda bölib turganini, u klub bilan har tomonlama kelişuvga erişgani va yaqin kunlarda rasmiy şartnoma imzolanişi kutilayotganini qayd etgan.
«Başakşehir» «Roma» bilan töğridan töğri boğlanib, futbolçining xizmatlari uçun 7 million yevro miqdorida tölov taklif qilgan.
Avvalroq Turkiyaning Gazetaarena naşri ham 29 yoşli hujumçi «Başakşehir» bilan şartnoma imzolaşga yaqin turgani haqida yozgandi. Şuningdek, futbolçiga Turkiyaning boşqa klublari: «Galatasaroy», «Fenerbahçe», «Beşiktoş» va «Trabzonspor»dan ham takliflar bölgan.
Fransiya çempionati
Fransiyaning maşhur naşri Footmercato’ning








