Angliya va Italiyada ham keyingi mavsum Çempionlar ligasida iştirok etadigan barça jamoalar nomi aniq böldi. Yakşanba kuni Yevropa çempionatlarida röy bergan asosiy voqealar, öyinlardagi gollar va turnir jadvallaridagi yakuniy vaziyat.
«Mançester Siti» oxirgi turgaça ham YeÇL yöllanmasini hal qilmagandi, ammo özi uçun qulay raqib bölgan «Fulhem»ga qarşi safar uçraşuvida oson ğalabaga erişildi. Gundöğan şubhasiz öyin qahramoni böldi. Birinçidan, Ilkay qayçi uslubidagi zarbasi bilan hisobni oçdi. Ikkinçidan, ikkinçi bölimda Holand aniq ijro etgan penaltini aynan u işlagandi va şundan keyin öyin masalasi hal böldi. Xosep Gvardiola jamoasi mavsumni uçinçi örinda yakunladi va keyingi mavsum Çempionlar ligasida öynaydigan böldi. «Kreyven Kottej»dagi öyin esa APL tarixida boşlanğiç tarkiblarda birorta ingliz futbolçisi bölmagan uçinçi öyin sifatida ajralib turdi.
Asosiy yevrokubokka qaytişni maqsad qilgan «Çelsi»ni esa sönggi turda maksimal darajada motivatsiyaga ega raqib kutayotgandi. «Nottinghem» mavsumning katta qismida turnir jadvalining uçinçi örnida bordi va oxirgi tur oldidan ham Çempionlar ligasiga yöllanma beruvçi beşinçi örindan umid uzmagandi. Ammo köklar jamoasi ikkinçi bölim boşidagi burçak zarbasidan keyin tarozi pallasini öz tomoniga oğdirdi, hujumning ikkinçi tempida Pedru Netu böş burçak qarşisida turgan Kolvillga töpni yetkazib berdi. Öyinga arbitr tomonidan qöşib berilgan daqiqalarda «örmonçilar» darvozaboni Sels golli uzatma muallifi bölişi mumkin edi, ammo mezbonlarning eng yaxşi töpurari Kris Vud qulay pozitsiyada turib aniq zarba berolmadi. Yangi zelandiyalik hujumçi vaziyatdan foydalanganida, «Nottinghem» Yevropa Ligasi iştirokçisiga aylangan bölardi, ammo endi Konferensiyalar ligasi bilan kifoyalanişga töğri keladi. Enso Mareska esa olqişlarga sazovor: APL tajribasiga ega bölmagan holdagi ilk mavsumida u jamoa bilan ança yaxşi natija körsatdi, holbuki bu jamoa turnir tarixidagi eng yoş örtaça tarkibdagi jamoadir (24 yoşu 36 kun).
Öz uyida «Everton»ga yutqazgan «Nyukasl» onlayn rejimda YeÇLga yöllanma beruvçi örinlardan quruq qolayotgandi.
Ammo «qarğalar»ga raqobatçilarning natijalari qöl keldi. Mavsum söngida pasaygan «Nottinghem»ning mağlubiyatini tabiiy qabul qiliş mumkin bölsa, «Aston Villa» «Old Trafford»da öz maqsadiga erişişi mumkin edi. Ammo birinçi bölim oxirida Emiliano Martines yakkama-yakka vaziyatga çiqib kelayotgan Hoylundni jarima maydoni taşqarisida yiqitib, qizil kartoçka oldi.
Mehmonlar şunda ham ğalabani ilib ketişi mumkin edi, ammo 78-daqiqada Rodjyers urgan gol hakamning xatosi tufayli inobatga olinmadi. Bu vaziyatda futbolçi raqib darvozabonidan töpni olib qöyib, böş darvozani işğol etgandi, ammo hakam epizod oxirini kutmasdan huştagini çalib yubordi, videotakrorda esa hujumda fol bölmagani körindi.
Qolgan daqiqalarda esa «MYu» birminghemliklarni taslim etdi. Endi «Villa» Yevropa Ligasida öynaydi, «Nyukasl» muxlislari esa parallel öyinlardagi natijalarga köra YeÇL yöllanmasini nişonladi.
Turnir nuqtayi nazaridan «Enfild»dagi öyinni ikki sabab bilan eslab qoliş mumkin. Birinçidan, muddatidan oldin çempionlikni hal qilgan «Liverpul» va Angliya kubogini qölga kiritgan «Kristal Pelas» bir-biri uçun çempionlik yölaklarini taşkil etişdi. Tribunalar va öyinga şaxsan taşrif buyurgan Yurgen Klopp hayratda edi. Ikkinçidan, qizillarni mağlubiyatdan qutqarib qolgan golni urgan Saloh sermahsullik borasida APL rekordini takrorladi. 47 (29+18) ball bilan Mo faqat Endi Koul va Alan Şirer kabi afsonalar amalga oşirgan işni uddaladi (lekin unga gol+pas böyiça 20+20 körsatkiçini qayd etgan Anrining rekordini buziş nasib etmadi).
Ammo misrlik futbolçining özi ham noyob körsatkiçga erişgan: hali heç bir futbolçi bir çempionatda gollar soni böyiça ham, golli paslar soni böyiça ham tengsiz bölib, eng yaxşi futbolçi uçun sovrinni qölga kiritmagandi.
Turnir jadvalidagi yakuniy holat:
Çempion – «Liverpul»; YeÇL iştirokçilari – «Liverpul», «Arsenal», «Mançester Siti», «Çelsi», «Nyukasl», «Tottenhem» (Yevropa Ligasi ğolibi sifatida); Yevropa Ligasi iştirokçilari – «Aston Villa», «Kristal Pelas» (Angliya kubogi ğolibi sifatida); Konferensiyalar Ligasi iştirokçisi – «Nottinghem Forest»; Çempionşipga tuşib ketganlar – «Lester», «Ipsviç» va «Sauthempton».
Italiyada esa yakuniy tur oldidan YeÇL uçun faqat bir yöllanma taqdiriga oydinlik kiritilişi qolgandi. Bu kuraşda asosiy favorit törtinçi örinda joylaşgan va asosiy ta’qibçilari «Roma» va «Latsio»ni mos ravişda 1 va 2 oçkolik farq bilan ortda qoldirayotgan «Yuventus» edi, ammo turinliklar A seriyada qoliş uçun sönggi imkoniyatidan foydalanişni maqsad qilgan «Venetsiya»dan ikkinçi daqiqadayoq gol ötkazib yubordi. Tezkor javob goli esa bekor qilindi, VAR Alberta Koşta töpni qöli bilan öynaganini qayd etdi.
Byankonerilar muxlislari birinçi bölim örtalarigaça öyinni hayajon bilan kuzatişdi, 25-daqiqada töp autdan tezlik bilan kiritilgaç, Kenan Yildiz ötkir burçakdan yöllagan zarbasi bilan hisobni tenglaştirdi. Faqat bu yetarli emasdi, onlayn rejimda «Roma» törtinçi öringa kötarilib olgandi. «Börilar» «Torino» maydonidagi öyinda Paredes penaltidan urgan gol evaziga hisobda oldinga çiqib olişgandi. Bir neça daqiqa ötib esa Kolo Muani jamoasini hisobda oldinga olib çiqqaç, yana vaziyat «Keksa siniora»lar tomoniga özgardi.
Ammo ikkinçi bölim boşlarida onlayn turnir jadvalida jamoalar yana örin almaşişdi. «Yuve» mudofaasi «Venetsiya»ning qarşi hujumiga doş berolmadi, parallel öyinda esa Salemakers rimliklarning ikkinçi golini urdi va «Roma» yana bir oyoği bilan YeÇLda edi. Faqat ikkinçi bölim davomida mezbonlarning bir neça xavfli hujumlaridan omon çiqqan «Yuve» 72-daqiqada amalda intrigaga barham berdi. «Yuve»dan ijaraga olingan Nikolussi-Kovilya jarima maydonida Fransişku Konseysauni yiqitdi, Lokatelli esa penaltidan ğalaba golini urdi.
Mavsum yarmida inqiroz holatida jamoani qabul qilib olgan Klaudio Raniyeri murabbiylik faoliyatini «Roma»da çiroyli qilib yakunladi. Uning boşçiligida rimliklar 19 uçraşuvdan iborat mağlubiyatsiz seriya qayd etdi va YeÇLga qaytişi ham mumkin edi. Ammo «Atalanta»dan uçralgan mağlubiyat nafaqat ajoyib seriyaga barham berdi, balki jamoaning YeÇL yöllanmasi uçun kuraşdagi imkoniyatlarini ham pasaytirib yubordi. Natijada sönggi ikki turdagi ğalabaga qaramay, «börilar» Yevropa Ligasi bilan kifoyalanadigan böldi. YeÇL yöllanmasi uçun kuraşdagi yana bir jamoa «Latsio» esa sönggi turda «Leççe»ga yutqazib (0:1), yettinçi öringa quladi va keyingi mavsum yevrokuboklarda qatnaşmaydigan böldi. «Fiorentina» esa «Udineze»ni mağlub etib, Konferensiyalar ligasidagi iştirokini kafolatladi.
Turnir jadvalidagi yakuniy vaziyat:
Çempion– «Napoli»; YeÇL iştirokçilari – «Napoli», «Inter», «Atalanta», «Yuventus»; Yevropa Ligasi iştirokçilari – «Roma», «Bolonya» (Italiya kubogi ğolibi sifatida); Konferensiyalar Ligasi iştirokçisi – «Fiorentina»; B seriyaga tuşib ketganlar – «Empoli», «Venetsiya» va «Monsa».
Bilbaoda butun faoliyatini «Atletik»da ötkazgan va basklar Marselo Biyelsa boşqaruvi davrida Yevropa Ligasida öynagan davrlardan buyon muxlislarga yaxşi taniş bölgan 36 yoşli De Markos faoliyatini yakunladi. Uşbu faxriy futbolçi qadrdon «San-Mames»da sovrin yutişni orzu qilgandi, ammo «MYu» bu orzu amalga oşişiga yöl qöymadi. Mavsumning sönggi turida esa motivatsiyasiz «Atletik» «Barselona»ga aytarli qarşilik körsatmadi.
Yakşanba kungi öyinda eng katta iştiyoq Levandovskida edi. Uning Fermin Lopesning uzatmasidan keyingi birinçi goli katalonlar klubidagi yuzinçisi böldi. Polşalik hujumçi bu körsatkiçga erişiş uçun 147 öyin yetarli böldi. Bu kök-anorranglilar tarixidagi eng tezkor natijalar qatorida beşinçisi böldi, lekin jamoaning ötgan asr 40-yillaridagi yulduzi Mariano Martinga yetib ham bölmasdi. U 99 öyindayoq yuzlik dovondan ötgandi. Levandovski yakşanba kuni birgina gol bilan kifoyalanmadi va burçak töpidan keyin «Barsa»ning hisobdagi ustunligini oşirdi.
Ikkinçi bölimda u gollari sonini yanada oşirişi mumkin edi, ammo ikkita qulay imkoniyatni yöqqa çiqardi. Kubarsi töpni öz darvozasiga yönaltirib yuborganida ham gol bölmadi, Inyaki Penya töpga ulgurdi. Va faqat öyin qahramoni De Markos maydonni tark etganidan keyin (uning la ligadagi faoliyati 2009 yilda «Barsa»ga qarşi öyin bilan boşlangandi), Dani Olmo penalti işladi va uni özi aniq ijro etdi.
Turnir jadvalidagi yakuniy vaziyat:
Çempion– «Barselona»; YeÇL iştirokçilari – «Barselona», «Real», «Atletiko», «Atletik», «Vilyarreal»; Yevropa Ligasi iştirokçilari – «Betis», «Selta»; Konferensiyalar Ligasi iştirokçisi – «Rayo Valekano»; Segundaga tuşib ketganlar – «Leganes», «Las-Palmas» va «Valyadolid».