Jahon | 09:13 / 19.09.2016
3244
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh va Norvegiya Kolumbiyani minalardan tozalash uchun katta mablag‘ ajratadi

Foto: EPA

AQSh va Norvegiya hukumatlari Kolumbiya hukumatiga mamlakatning turli hududlarida hukumat va isyonchilar orasidagi ko‘p yillik ixtilofdan keyin qolgan minalarni yo‘qotish bo‘yicha dastur doirasida millionlab dollar ajratishga va'da berdilar.

Nyu-Yorkdagi uchrashuvda AQSh Davlat kotibi Jon Kerri AQSh Kolumbiyaga bu maqsadlar uchun 36 mln dollar ajratishini ma'lum qildi.

Kolumbiya hukumati va FARK (Kolumbiyaning inqilobiy qurolli kuchlari) isyonchilari orasida o‘tgan oyda erishilgan tinchlik bitimlari shartlariga amal qilinishini kuzatuvchi davlatlardan biri bo‘lgan Norvegiya yana 22 mln dollar ajratishga tayyorligini bildirgan.

Kolumbiyaning ko‘plab munitsipalitetlarida hanuzgacha minalashtirilgan katta hududlar qolmoqda. Kolumbiya minalashtirilgan hududlar maydonining kattaligi bo‘yicha Afg‘onistondan keyin dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid