Jamiyat | 16:19 / 19.09.2016
4851
1 daqiqa o‘qiladi

Malayziyalik Singapurdagi aeroport hududida 3 hafta yashadi

Malayziya fuqarosi bo‘lgan shaxs Singapurdagi xalqaro aeroportda 3 hafta davomida tunadi. Bu haqda Stuff xabar tarqatgan.

33 yoshli Reyjali Buntut 21 avgust kuni Kuala-Lumpurga uchgan reysdan qolib ketgan va Changi aeroportida 18 kunni o‘tkazgan. U kresloda uxlagan, lanch-hududda ovqatlangan va terminaldagi dushdan foydalangan.

Straits Times ma'lumotiga ko‘ra, ushbu sobiq tadbirkor 31ta soxta talon yasagan va bu unga 3ta terminalda ovqatlanib yurish imkonini bergan. Terminallardan birining xodimi uning tez-tez tashrif buyurayotganiga e'tibor qaratgan va politsiyaga xabar bergan. Natijada, ushbu malayziyalik 2 haftaga ozodlikdan mahrum etilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid