Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Somalida armiya generali o‘ldirildi
Somali poytaxti Mogadishoda terakt oqibatida armiya generali Muhammad Jamol Guba'l va uning tansoqchilari o‘ldirildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. Hujum mamlakat mudofaa vazirligi binosi yaqinida amalga oshirilgan.
General avtomobiliga "Ash-Shabob" terrorchilik guruhi xudkushi tomonidan hujum qilingan. Mashinada generaldan tashqari uning 7 tansoqchisi bo‘lgan.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Mogadishoda amaldor shaxslarga hujumlarning qo‘payishi mamlakatda tinchlikni o‘rnatish bo‘yicha sa'y-harakatlar doirasida yangi parlamentga bo‘ladigan saylovlar bilan bog‘langan.
Bir vaqtlar mamlakatning katta qismini nazorat qilgan "Ash-Shabob" guruhi g‘arb tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi prezident Hasan Shayx Mahmud hukumatini ag‘darib tashlashga urinib kelmoqda.
Parlamentga saylovlar 25 sentabrda boshlanib, 10 oktabrda tugashi kerak.
Mavzuga oid
16:46 / 24.05.2026
Pokistonda terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
16:40 / 20.04.2026
Kiyevdagi terakt vaqtida politsiyachilar yosh bolani tashlab, qochib ketdi. Tafsilotlar
09:06 / 19.04.2026
Kiyevdagi otishma: «Moskvada tug‘ilgan shaxs» o‘t ochdi va supermarketda odamlarni garovga oldi
19:23 / 06.04.2026