Jahon | 18:21 / 19.09.2016
6786
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyalik isyonchilar o‘t ochishni to‘xtatish sulhi barbod bo‘lganini aytishmoqda

Jyeneva shahrida Rossiya va AQSh tashqi ishlar vazirlari tomonidan erishilgan hamda  Suriya hududida joriy etilgan bir haftalik o‘t ochishni to‘xtatish muddati poyoniga yetdi, ammo aslida u  «amalda barbod bo‘lgan edi», degan fikrni bildirgan Suriyaning «Fastakim» isyonchi guruhi vakili Zakariyo Malaxifji Reuters agentligiga. 

Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, Halab shahrining isyonchilar tomonidan nazorat qilinayotgan tumanlariga gumanitar yordamlar olib kelinishiga umid qilmasa ham bo‘ladi. Shu bilan birga, Malaxifjining qayd etishicha, «"nazariy jihatdan" o‘t ochishni to‘xtatish uchun nimadir qilish mumkinligiga oydinlik kiritib olish lozim».

 

Mavzuga oid