Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuela prezidenti neft qazib olishni muzlatish masalasiga oydinlik kiritdi
Neft eksport qiluvchi mamlakatlar, qora oltin bozoridagi vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan bitimga yaqin turibdi. Shu haqda fikr bildirgan Venesuela prezidenti Nikolas Maduro so‘zlarini TASS agentligi keltirmoqda.
«Umid qilamizki, biz shu oyda neft narxini barqarorlashtirish uchun kelishuv haqida e'lon qila olamiz», — degan Maduro, Venesueloning Margarita orolida bo‘lib o‘tgan Qo‘shilmaslik harakati sammiti yakunida.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Venesuela sammitda ishtirok etgan OPeK mamlakatlari davlat rahbarlari, xususan Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan muzokaralar o‘tkazgan.
«Eron rahbari neft bozorini barqarorlashtirish uchun juda zarur va adolatli choralarga Tehron o‘z hissasini qo‘shishga tayyorligini bildirdi. Bu juda yaxshi yangilikdir», — degan Maduro.
19 sentabr kungi ilk savdolarga oid ma'lumotlarga ko‘ra, Londonning ICE birjasidagi Brent rusumli neftning bir barreli 46,53 dollardan sotilmoqda. Bu o‘tgan hafta oxiridagi narxdan 1,66 foizga yuqoridir.
Mavzuga oid
14:07 / 14.06.2026
Tramp Venesueladagi narkokartel rahbari o‘ldirilganini e’lon qildi
22:12 / 11.06.2026
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
23:19 / 14.05.2026
Maduro qamoqda 18 kishilik umumiy kamerada o‘tirgani aytildi
09:39 / 11.05.2026