AQShda 800 dan ko‘proq muhojir xatolik tufayli fuqarolik olgani ma'lum bo‘ldi
AQSh hukumati xatolik tufayli milliy xavfsizlikka xavf soluvchi davlatlardan bo‘lgan 858 muhojirga fuqarolik bergan, deb xabar bermoqda AQSh ichki xavfsizlik departamentiga iqtibos keltirgan holda Associated Press axborot agentligi.
Fuqarolik olgan muhojirlardan ko‘pchiligi deportatsiya qilinishi kerak bo‘lgan va qonunni buzganlikda ushlangan.
Departament inspektori muhojirlar AQSh fuqaroligini olish uchun arizalarni berishda boshqacha ismlar va tug‘ilgan sanalardan foydalanganlarini ma'lum qildi. Hujjatlarda xato topilmagan, chunki muhojirlarning barmoqlari izlari davlat ma'lumotlar bazalaridan yo‘qolib qolgan.
Departament xabarida bu vaziyat immigratsiya xizmatlarining azaliy muammosini aks ettirishi aytilgan. Hozirda raqamli ko‘rinishga keltirilmagan eski yozuvlar va barmoq izlari mavjud va ularni elektron ko‘rinishda tez topishning imkoni yo‘q.
Mavzuga oid
16:56
AQSh saylovlarida respublikachilar Kongressda ko‘pchilikni qo‘lga kiritdi
15:46
“Abadiy ximikatlar” yoshlarda buyrak shikastlanishiga olib kelishi mumkin - tadqiqot
15:42
Rossiyadan Venesuelagacha: tabiiy boyliklar bo‘yicha eng boy davlatlar
10:31