Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada sigir juda pastlab uchayotgan vertolyotni qulatdi
Avstraliyaning Kvinslend shtatida sigir Robinson R22 vertolyoti bilan to‘qnashdi. Bu haqda Brisbane Times xabar bergan.
Bu hodisa Koen shahri janubida ro‘y bergan.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, ikki o‘rinli vertolyot yerga juda pastlab uchayotgandi va sigirlardan birining shoxi unga ilinib qolgan. Uchuvchi jonivorni xalos qilishga urinib, boshqaruvni yo‘qotgan.
Vertolyot yerga qulagan va yonib ketgan.

Shtat politsiyasi bu hodisa bo‘yicha tekshiruv o‘tkazgan.
Xabarda yozilishicha, bu hodisadan sigir ham uchuvchi ham omon qolgan.
Avstraliyada Robinson R22 kabi kichik vertolyotlardan foydalanishadi. Bu vertolyotlar juda pastlab ucha oladi va shu orqali sigirlar podalarini nazorat qilish qulay.
Mavzuga oid
08:49 / 15.06.2026
Braziliyada ikki vertolyot to‘qnashdi: mashhur xonanda Oliver Tri halok bo‘ldi
23:05 / 14.06.2026
Braziliyada ikki vertolyot to‘qnashishi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi
20:29 / 11.06.2026
Eron afsonaviy Apacheʼni urdi. Urush qaytalandi
11:22 / 23.03.2026