18:01 / 20.09.2016
6762

iPhone'ni "sindiradigan" Google smartfoni chiqadigan sana ma'lum bo‘ldi

Foto: L!FE

Google kompaniyasi yangi smartfonlarining taqdimot vaqti yaqinlashgani sari, internet tarmog‘ida turli xil mish-mishlar va hatto maxfiy suratlar ham paydo bo‘lmoqda. 

Yangi suratlarda ishlayotgan Pixel va Pixel XL smartfonlari aks etgan bo‘lib, bunda foydalanuvchilar gadjyetlarni ikki tomonidan ham ko‘rish imkoniyati mavjud, deb yozadi Android Police.

Ularga ko‘ra, smartfonlar korpusi alyuminiydan yasaladi, orqa qopqog‘ining tepa qismini barmoq izini oluvchi shishali skaner egallaydi. 

Insayderlarning so‘zlariga ko‘ra, Pixel XL telefoniga 5,5 dyuymli displey, Qualcomm Snapdragon 821 protsessori va 4 Gbaytlik operativ xotira o‘rnatiladi. Kichikroq Pixel smartfoni ekrani 5 dyuymli bo‘ladi. 

Yangi mobil qurilmalarning taqdimoti shu yilning 4 oktabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Kompaniyadagi manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Google Pixel smartfonlari narxi 649 dollardan boshlanadi. 

Top